Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   173
jahon sanati tarixi

O‘rta asrlar san’ati. 
O‘rta asrlarda harbiy Yevropa ”Varvarlar” qirolligi va Franklar imperiyasi 
davrida  ”Varvarlar”ning  surunkali  harbiy  yurishlari  va  qullarning  tez-tez 
ko‘tarilib  turgan  qo‘zg‘olonlari  III  asrlarga  kelib  ”Quldorlik”  davrining 
inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘ldi. Natijada quldorlik davri tuzum sifatida o‘z 
o‘rnini  harbiy  Yevropa  mamlakatlarida  asta-sekin  feodalizmga  bo‘shatib  bera 
boshladi. Rim imperiyasi qulashi bilan bu jarayon yanada tezlashdi. Bu voqealar 


ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
39 
 
harbiy  Yevropa  madaniyati  va  san’atiga  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatdi.  ”Varvarlar” 
san’ati  va  antik  san’ati  an’analarining  o‘zaro  ta’sirida  Yevropada  O‘rta  asr 
san’atini  boshidan  kechirdi.  Bu  ta’sir  ayniqsa  hajm  forma  dinamikasi, 
ekspressiyada, kompozitsiya va naqqoshlikda yaqqol namoyon bo‘ldi. 
harbiy  Yevropadagi  ko‘pgina  mamlakatlarda  ibtidoiy  tuzumdan  so‘ng  o‘z 
boshlaridan quldorlik davrini kechirmay turib, feodal tuzumiga o‘tishlari muhim 
voqea  bo‘ldi.  ”Varvarlar”  san’atidagi  ibtidoiy  tuzumga  xos  folkloriy 
tushunchalar  bilan  antik  san’at  an’analari  qo‘shilib  o‘ziga  xos  yangi  san’at 
rivojlana boshladi. 
”Varvarlar”  tomonidan  istilo  qilingan  Rim  imperiyasida  feodal 
munosabatlar  rivojlana  boshlagan  edi,  istilo  natijasida  Rimda  xristian  dini 
ta’sirida  qoldi.  Din  odamlar  ongi,  ruhiyatiga  chuqurroq  kirib  bordi.  Vizatiya 
san’ati  o‘z  mohiyati  jihatidan  aristokratik  xarakterga  ega.  Ular  obrazlarni 
barkamolligiga  intilsa,  varvarlar  esa  ba’zida  majruh,  mayib,  jismoniy  xunuk 
obrazlarni tasvirlashdan cho‘chimaydi. 
Bu  davrga  kelib  asosan  yog‘och  o‘ymakorligi,  naqqoshlik  va  dekorativ 
bezak san’ati turlari rivojlandi. 
 
Uchinchi  asr  oxiri  IX  asr  boshlarida  Buyuk  Karl  birinchi  kuchli 
imperiyaga  asos  soldi.  Bu  davr  san’ati  ”korolinglar”san’ati,  deb  nom  oldi.  Bu 
san’at,  hunarmandlar,  sharq  xalqlari,  ayniqsa  Shom  san’atidan  ta’sirlangan  va 
unga taqlid qilgan. 
 
Roman san’ati. 
 
Buyuk  Karl  imperiyasi  uzoqqa  cho‘zilmay,  tez  inqirozga  uchradi. 
Vafotidan  so‘ng  esa  tomom  parokandalikka  uchradi,  madaniy  yodgorliklar  esa 
talandi.  Faqat  X  asr  oxirlaridan  boshlab  Yevropada  hayot  izga  tusha  boshladi. 
X-XII  asrlarni  o‘z  ichiga olgan  taraqqiyot  davri  san’ati  roman  san’ati  deb nom 
oldi.  ”Roman”  iborasi  shartli  bo‘lib,  u  lotincha  «roma»  degan  so‘zdan  olingan 
bo‘lib, ”rim” uslubi degan ma’noni bildiradi. Bu davrda me’morchilikka alohida 
e’tibor berildi. 
 
Roman  davri  san’atida  me’morchilik  asosiy  o‘ringa  chiqadi.  Bu  davr 
me’morchiligining  xarakterli  tomoni  shundaki,  unda  binolar  birmuncha  past, 
jiddiy va og‘ir ko‘rinishga ega. Devorlari qalin va mustahkam, eshik, derazalar 
ensiz. Me’morchilikning bunday ko‘rinishi harbiy maqsadlarni ko‘zda tutadi. Bu 
davrda  asosan  me’morchilik  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  san’at  turlari  rivojlanadi. 
Bular maxobatli rangtasvir, haykaltaroshlik, vitraj san’ati. Bu me’morchilikning 
yana  bir  o‘ziga  xos  xususiyati,  tomning  gumbaz  tarzida  yopilishi  va  unda 
darchalarning joylanishidir. 
Bu  davrga  kelib  o‘ziga  xos  feodal  qusurlar  paydo  bo‘la  boshladi.  ¤sha 
davrda  qurilgan  shaharlarning  umumiy  ko‘rinishi  ham  feodal  qo‘rg‘onlarni 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə