Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
40 
 
eslatardi.  Ularning  atrofi  qalin  devor  bilan  o‘rab  chiqilar  edi.  Bu  binolarning 
bezalishi ham sodda. 
Bu  davr  tasviriy  san’ati  din  bilan  uzviy  bog‘liqligi  sababli  unda  ramziy, 
Qayri-tabiiy, fantastik obrazlar uchraydi. 
 
Feodalizm  davrining  san’ati  harbiy  Yevropa  davlati  bu  Fransiya  edi. 
Fransuz  me’morchiligi  Yevropa  qurilishida  muhim  o‘rin  tutadi.  Roman  asri 
davrida Fransiyaning ko‘pgina shaharlarida anchagina ibodatxonalar qurildi. Bu 
binolarning  pastki  qismi  tepa  qismiga  nisbatan  ancha  katta  bo‘ldi.  Ular  o‘yma 
naqsh va bo‘rtma tasvirlar bilan bezatilar edi. 
 
XIX  asr  boshlarida  buzilib  ketgan  bu  me’morchilik  obidalarining  asosiy 
prinsiplari keyingi davr arxitekturasi uchun ham ko‘p xizmat qildi. 
Germaniyada qurilgan roman arxitekturasining xarakterli tomoni shundaki, 
bu  me’morchilik  binoning  tomi  kvadrat  shaklida  bo‘lib,  og‘ir  minoralarning 
serobligi esa unga dinamik siluet beradi. 
 
Italiya  me’morchiligida  stilistik  birlik  yo‘q.  Bunga  asosiy  sabab  uning 
tarqoqligi.  Ayrim  viloyatlarda  Vizantiya  ta’siri,  yana  bir  joyda  roman 
arxitekturasi  ta’siri,  boshqa  joyida  esa,  masalan  Toskana  va  Lombardiya 
maktablarida  esa  antik  an’analar  ta’siri  sezilib  turadi.  Roman  davri  tasviriy 
san’atida mana shu  arxitektura bilan bog‘liq tasviriy san’at ya’ni devoriy surat 
va  vitrajlar  ishlash  muhim  o‘rin  tutadi.  Rangdor  suratlar  bilan  bino  shiftlari  va 
devorlarini  bezashga  katta  e’tibor  beriladi.  Bu  binolar  asosan  ibodatxonalar 
bo‘lganligi  sababli  unda  suratlar  mavzusi  ham  diniy  bo‘lib,  bu  o‘sha  Bibi 
Maryam va Iso hayotidan olingan lavhalar edi. Bu davr haykaltaroshligida ham 
shu yuqoridagi holatni ko‘ramiz.  
 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə