Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   173
jahon sanati tarixi

 
Tayanch tushunchalar. 
Ikona
 - ikonografiya* - (grek - tasvirlash) 
Spas
 - Iso payg‘ambar nomi. 
Arxangel Mixail
 - Mixail farishta. 
 
Savollar: 
1. Qadimgi Rus san’ati deb qaysi asrlar san’atini tushuniladi? 
2. Qadimgi Rus san’ati taraqqiyotining asosiy bosqichlarini ayting. 
3. Kievdagi avliyo Sofiya ibodatxonasi va uning rus me’morchiligi taraqqiyotida 
tutgan o‘rni nimada? 
4.  Moskva  Kremli  qachon  qurilgan  va  uning  rus  me’morchiligida  tutgan  o‘rni 
nimada? 
5. Andrey Rublev kim, uning qanday asarlarini bilasiz? 
 


ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
46 
 
MAVZU: UYG‘ONISH DAVRI SAN’ATI. 
 
REJA: 
1.
 
Uyg‘onish davri san’ati. 
2.
 
Haykaltaroshlik, tasviriy san’at. 
 
Feodalizm  jamiyati  qo‘ynida  ilk  kapitalistik  munosabatlarning  tarkib 
topishi  va  rivojlanishi  Yevropa  hayotida  yangi  va  muhim  o‘zgarishlarga  olib 
keldi.  Din  asta-sekin  o‘z  mavqeini  yo‘qota  bordi.  Omma  dindan  uzoqlasha 
bordi, shaharlar kengaya bordi. Ularning shiddat bilan o‘sib, rivojlanishi mayda 
hunarmandchilikdan  manufakturaga  o‘tishga  sabab  bo‘ldi.  Bu  shaharlarda 
savdo-sotiq  shu  darajada  rivojlandiki,  dengiz  orqali  dunyoning  boshqa 
burchaklari bilan savdo qilishga talab kuchaydi. Yangi qit’alar kashf qilindi, bu 
voqealar insonlar tafakkuri va hayotga bo‘lgan munosabatlarida tub o‘zgarishlar 
yasadi.  Bu  davrdagi  taraqqiyot  jarayoni  shiddat  bilan  o‘sdi,  uning  natijasida 
yangi  san’at  va  yangi  madaniyat  dunyoga  keldi.  Mamlakatlar  orasida  madaniy 
hayotdagi yangiliklar tez tug‘ildi.  
Bu  taraqqiyot  davri  Yevropa  madaniyati  tarixida  “Uyg‘onish  davri”  deb 
nom  oldi.  Bu  iborani  ilk  bor  italyan  rassomi  va  san’atshunosi  Jorjo  Vazare 
tomonidan,  Jorjo  ijodiga  nisbat  berib  aytilgan  eti.  O‘rta  asrlar  davridan  so‘ng 
san’at va adabiyotdagi markaziy e’tibor insonga uning ijtimoiy hayotida tutgan 
o‘rniga qaratilganligi, uning “Uyg‘onishligini” belgisi edi.  
Keyinchalik  keng  mazmun  kasb  etgan  bu  ibora  Italiyadan  tashqari 
Yevropaning  boshqa  mamlakatlariga  ularning  feodalizm  davridagi  keyingi 
san’at va madaniyatlarini ta’riflashda boshlandi. 
Uyg‘onish  davrida  italiya  san’ati  va  madaniyati  uzoq  davom  etgan,  o‘z 
harakatlarini  to‘liq  namoyon  etib,  qator  taraqqiyot  bosqichlarini  boshidan 
kechirdi. Bu quyidagi bosqichlardan iborat: 
1. Uyg‘onish davri arafasi - protorensans (XIII-XIV asrlar) 
2. Ilk uyg‘onish davri - (XV) 
3. Yuqori Uyg‘onish davri - (XV asrning 90 yillari - XVI asrning 20-30 yillari) 
4. So‘nggi uyg‘onish davri - (XVI asrning II yarmi) 
Albatta  bu  davr  barcha  Yevropa  malakatlarida  turlicha  kechdi.  Masalan, 
Germaniya  so‘nggi  uyg‘onish,  Niderlandiya  esa  yuqori  uyg‘onish  davrini 
boshlaridan kechirdilar. Uyg‘onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim davr, 
muhim bosqich, ya’ni insoniyat o‘z boshidan kechirgan o‘zgarishlar ichida eng 
buyuk  progressiv  o‘zgarish  edi.  Natijada  ular  chin  ma’noda  xalqchil  asarlar 
yaratdilar, xalq ommasining orzu-istaklarini, his-tuyg‘ularini ifodalab chiqdilar, 
ilg‘or  gumanistik  g‘oyalarni  ko‘tarib  chiqdilar.  Shu  boisdan  ham  bu  davr 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə