Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
47 
 
gumanizm  asri,  deb  nom  oldi.  Bu  lotinchada  insoniylik,  insonparvarlik,  degan 
ma’noni  bildiradi.  Uyg‘onish  davri  madaniyati  antik  dunyo  madaniyatidan 
ilhomlandi, Antik dunyo yodgorliklarini qunt bilan o‘rgandi, ulardan ta’sirlandi. 
Antik dunyo yodgorliklarining Italiyada ko‘plab saqlanib qolganligi bunga juda 
yaxshi  imkon  yaratdi.  Lekin  antik  san’atdan  farqli  ravishda  ular  qullar  sajda 
qilgan  hudolar  deb  ulardan  shu  yo‘sinda  emas,  balki  o‘z  fikrlarini,  his-
tuyg‘ularini,  tushunchalarini  ifodalashda  foydalandilar.  Go‘zallik  va 
garmoniyani real voqelikdan qidirish, real voqelikdan keng foydalanish shu davr 
taraqqiyotining  mezonini  belgiladi.  O‘ayot  real  hodisa  deb  tan  olindi. 
San’atkorlar  real  voqelikni  tasvirlashda  yangi  qonun  va  qoidalar  izladilar. 
Asarlar  ta’sirchanligini  oshirish  maqsadi  ko‘p  sohalar  bilan  hamkorlikda 
ishlashni  taqozo  etdi.  Perspektiva,  rangshunoslik,  soya  va  yorug‘,  odam 
anatomiyasi va shunga o‘xshash sohalarda katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. 
Me’morchilik va amaliy san’atda yangi tendensiyalar rivojlandi. Shu bilan 
birga qadimgi an’analar o‘zlashtirilib, ular yangi mazmun bilan boyitildi. Unda 
yangi konstruksiyalar vujudga keldi. Ibodatxonalar bilan bir qatorda ko‘p qavatli 
va  shinam  binolar  qad  ko‘tara  boshladi.  Binolarning  tashqi  va  ichki 
ko‘rinishlarini  bezash,  ular  ichidagi  fazoni  tashqil  qilish  masalasida  ancha 
yutuqlarga  erishildi.  Bu  qilingan  ishlar  keyingi  Yevropa  san’atida  ko‘proq 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Uyg‘onish davrining o‘ziga xos tomonlari protorenesans 
davrida  dastlab  italiya  rangtasvirida  o‘zini  namoyon  qildi.  Ijodkorlar  diniy 
mavzuda ishlangan devoriy suratlarda realistik mazmunni ilgari sura boshladilar. 
Insonlar  orasidagi  munosabatlar,  muhabbat,  olijanoblikni,  razillik,  xudbinlikka 
qarshi  qo‘ya  boshladilar,  voqelikning  real  tasvirini  yaratishga  harakat  qildilar. 
Ularning  asarlarida  Uyg‘onish  davri  realizmining  o‘ziga  xos  tomoni  hayotiy 
muammolarni  ko‘pincha  diniy  niqob  ostida,  diniy  mifologik  obrazlar  orqali 
berish  hollarini  uchratamiz.  Uyg‘onish  davri  san’atkorlari  ijodida  insonlar 
hayoti,  inson  baxt-saodat  yaratuvchisi  va  ozodlik  uchun  kurashchi  ekanligi 
asosiy  mavzu  bo‘lib  qoldi.  Insonni  o‘z  asarlarida  shunday  kuylagan 
san’atkorlardan  biri,  ilk  Uyg‘onish  davrining  yirik  vakili  Donatello  bo‘ldi. 
Uning  “David”  deb  nomlangan  haykali  Uyg‘onish  davrida  birinchi  marta 
libossiz  holda  tasvirlangan  haykal  bo‘ldi.  “Otdagi  Gattamellatti”  haykali  esa 
jamoatchilikka manzur bo‘lgan insonni ulug‘lash yo‘lidagi birinchi otliq haykal 
edi.  Insonni  kuylash,  uning  qahramonligi,  aql-zakovatini  ulug‘lash  Uyg‘onish 
davrida  portret  san’atining  qaytadan  tug‘ilishiga  olib  keldi.  Portret  san’atida 
ifodalanadigan  insondagi  nozik  his-tuyg‘ular  o‘zining  butun  borlig‘i  bilan 
Uyg‘onish  davrining  buyuk  san’atkorlari  Leonardo  da  Vinchi,  Rafael  Santi, 
Mikelanjelo,  Titsian,  Djordjone  ijodida  o‘z  ifodasini  topdi.  Ona,  onalik  mehri 
ulug‘landi.  Bu  o‘rinda  Leonardo  da  Vinchining  “Madonna»si  va  mashhur 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə