Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   173
jahon sanati tarixi

Kiev rusi san’ati. 
 
Sharqiy  slavyanlarda  birinchi  ming  yillik  o‘rtalarida  paydo  bo‘la 
boshlagan  feodal  munosabatlar  VIII-IX  asrlarga  kelib  o‘z  shakllanishini 
nihoyasiga  yetkazdi.  X  asr  Kiev  Rusi  davlatining  tashqil  topishi  shu  davrning 
eng  muhim  voqeasi  bo‘ldi.  Xristian  dini  rasmiy  davlat  dini,  deb  qabul  qilindi. 
Bu  esa  o‘z  navbatida  Vizantiya  bilan  aloqalarni  kuchaytirdi.  Bolgar  olimlari 
topgan  -  Kirill  va  Mifodiy  kashf  qilgan  yozuv  alfaviti  rus  yozuvining  asosini 
tashqil qildi va hozirgi davrgacha unga xizmat qilmoqda. Vizantiyada yaratilgan 
san’at  ikonografiya  ham  din  ta’siri  ostida  me’morchilik  bilan  birgalikda  Rus 
davlatiga  kirib  keldi.  Dastlabki  davrlarda  Vizantiyadan  ustalar  chaqirildi,  bular 
me’mor, haykaltarosh va rassomlar edi. 
 
X-XI  asrlarda  Kiev  Rusi  san’at  va  madaniyat  sohasida  haqiqiy  gullash 
davrini  boshidan  kechirdi.  Bu  davrga  kelib  u  Yevropada  ko‘zga  ko‘ringan 
davlatlardan biri bo‘ldi. 
 
Bu  davrning  eng  muhim  arxitektura  yodgorligi  Kievdagi  Avliyo  Sofiya 
(”Svetaya Sofiya”) sobori Kiev Rusining bosh ibodatxonasi bo‘ldi. U davlatning 
kuch-qudrati va yagonaligini tarannum etar edi. Binoning ichkari qismi devoriy 
suratlar bilan bezalgan. 
 
Kiev  Rusida  ikona  san’ati  va  kitob  bezagi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
miniatyura san’ati keng rivojlandi. 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə