Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
44 
 
 
XIII-XV  asrlarda  mavjud  bo‘lgan  rangtasvir  asarlari  asosan  devoriy 
suratlar  bo‘lib,  o‘sha  davrda  ijod  qilgan  rassomlar  mahoratidan  dalolat  berib 
turadi. 
 
XIV asr Novgorod monumental rangtasvirlaridagi yorqin shaxslardan biri 
bu o‘sha davrda Vizantiyadan Rusga kelib ijod qilgan musavvir Feofan Grekdir. 
U  Vizantiya  tasviriy  san’ati  an’analarini  yaxshi,  chuqur  egallagan  holda,  Rus 
san’atidagi izlanishlar bilan uyg‘unlashtirishga erishdi. Feofan Grek asarlaridan 
bizgacha  juda  kam  namunalari  yetib  kelgan.  Uning  Novgoroddagi  Spas-
Preobrajenskiy  soboridagi  devoriy  suratlari  mashhurdir.  Feofan  Grek  keyingi 
Rus san’ati taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. 1147 yilda Moskva shahriga asos 
solindi.  U  dastlab  kichik  bir  knyazlikning  markazi  bo‘ldi,  atrofi  jarlik  bo‘lib 
yog‘och  devorlar  bilan  o‘ralgan  tepalikda  joylashgan  edi.  Moskva 
me’morchiligining  namunalari  unchalik  ko‘p  saqlanmagan.  Saqlanganlarining 
aksariyati  XIV  asr  ikkinchi  yarmi  va  XV  asrga  taalluqlidir.  Me’morchilik 
yodgorliklari asosan shahar chekkalarida saqlanib qolgan . 
 
Tasviriy san’at namunalari ko‘proq miniatyura, ikona va devoriy suratlar 
tarzida  uncha  ko‘p  bo‘lmagan  miqdorda  bizgacha  yetib  kelgan.  Adabiy 
manbalarda  ham  shahar  ibodatxonalari  hamda  qasrlar  devoriy  suratlar  bilan 
bezatilganligi  haqida  ma’lumotlar  bor.  Moskva  tasviriy  san’ati  taraqqiyotida 
rassom  Feofan  Grek  muhim  o‘rin  egallaydi.  U  taxminan  1395  yilda,  devoriy 
surat  va  ikonalar ishladi.  Blagoveщenskiy  sobori ikonastasining ikkinchi  yarmi 
uning  qalamiga  mansubdir.  Bu  yerda  uning  shogirdlari  ham  ishlaganlar.  Ular 
orasida qadimiy Rus rassomi Andrey Rublevning nomini ham uchratamiz. 
 
Bu  sobordagi  ikona  va  suratlar  Andrey  Rublev  ijodining  ilk  namunalari 
hisoblanadi.  Shu  asarlarda  A.Rublev  ijodining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  sezilib 
turadi.  Bular  orasida  ”Cho‘qintirish”  kompozitsiyasi,  ”Ierusalimga  qochish” 
asarlari diqqatga sazovordir. 
 
A.Rublevning  muhim  asarlaridan  biri  Vladimirdagi  Uspenkiy  soboriga 
ishlangan  devoriy  suratdir.  ”Taqvodorlarning  jamiyatga  yurishi”  surati  bular 
ichida  alohida  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  A.Rublevning  yuksak  mahorati  va 
G‘oyaviy  pozitsiyasini  namoyon  etadi.  Zvenegoroddan  topilgan  Spas  surati  va 
Arxangel Mixal ikonasi ham uning ijodiga mansubdir. Rassomning eng mashhur 
asari  Troitsk  soboriga  ishlangan  ”Uch  farishta”  surati  hisoblanadi.  Hozir  bu 
surat Tretyakov galereyasida saqlanadi. Bu ikona injilda tasvirlangan voqealarga 
bag‘ishlangan.  Bu  asarda  diniy  obrazlar  orqali  insoniy  poklik,  poetik  ruh 
tasvirlanadi. 
 
A.Rublev  ijodi  shu  davrdagi  Moskva  tasviriy  san’atidagina  muhim  o‘rin 
egallab  qolmay,  balki  o‘zidan  keyingi  tasviriy  san’atga  ham  ijobiy  ta’sir 
ko‘rsatdi. 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə