Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
41 
 
”gotlarniki”  degan  mazmunni  bildiradi.  Gotlar  bu  nemis  qabilalaridan  biri 
bo‘lib,  bu  davr  san’atiga  got  qabilalari  san’atining  ta’siri  kuchli  bo‘lganini 
bildiradi. Hali bu davrda shahar madaniyati feodal munosabatlarga to‘liq qarshi 
chiqa olmas edi. Shu bois gotika san’ati xarakterida ham murakkab va qarama-
qarshi  fazilatlar  kashf  etildi.  Yaratilgan  asarlarda  realistik  elementlar  bilan  bir 
qatorda, diniy qarashlarning ko‘tarinki tasvirlash holatlari seziladi. 
 
Gotika  uslubi  XII-XIII  asrlarda  o‘zining  gullagan  davrini  boshidan 
kechirdi. Bu uslub turli mamlakatlarda turlicha kechdi va uning ichki strukturasi 
umumiy qurilish tusini oldi. 
 
Roman  uslubida  bo‘lgani  kabi  Gotika  uslubida  ham  asosiy  o‘ringa 
me’morchilik  chiqdi.  Roman  davridagiga  nisbatan  gotika  arxitekturasi 
serhasham va ulug‘vor, kattaligi bilan ajralib turadi. Bu uslubda qurilgan binolar 
yuqoriga  intiluvchan  bo‘lib,  juda  baland  bo‘ladi.  Dinning  kuchi  orta  boradi  va 
soborlar  oldida  nafaqat  diniy  marosimlar  balki,  shahar  majlislari,  har  xil 
munozara va bahslar, universitet ma’ruzalari va xalq sayllari o‘tkazilar edi. Shu 
sababdan  bu  ibodatxonalar  shahar  markazlarida  qurilardi.  Gotika  davri 
arxitekturasining xarakterli tomonlaridan biri bino ko‘tarilgan sari torayib boradi 
va oxiri shpil bilan, ya’ni nayzasimon tarzda tugaydi. Uning uchiga xo‘roz yoki 
boshqacha bir tasvirlar qo‘yiladi. 
 
Arxitekturaning  yutuqlari  ortib  bordi.  Bulardan  biri  karkaslardan 
foydalanish  bo‘lsa,  ikkinchisi  bu  davrga  kelib  ularni  darchalari  kengayib, 
derazalari  ko‘payadi,  peshtoqlari  va  ayvonlardan  foydalanib  bino  ichini  nurga 
boyitish  istagi  kuchayib  boradi.  Bu  esa  binolarning  ulug‘vor,  baland  bo‘lishini 
ta’minlab qolmasdan,  ularning  yengil bir ruhiy  holat kasb  etishini  ta’minlaydi. 
Me’morchilikda  sodir  bo‘lgan  bu  o‘zgarishlar  binoning  tashqi  va  ichki 
ko‘rinishlarida ham o‘z ifodasini topadi. 
 
Tasviriy  san’atda  esa  devoriy  suratlar  ishlanadigan  yuzalar  binoda 
yo‘qligi sababli, uning o‘rnini vitraj egallaydi. 
 
Me’morchilik  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  haykaltaroshlik  tasviriy  san’atda 
yetakchi o‘rinni egallaydi. 
 
Gotika davrida dekorativ - amaliy san’at yaxshi rivojlandi. 
 
XII-XV asrlarda Gotika uslubini Yevropaning deyarli barcha mamlakatlar 
san’ati  o‘z  boshidan  kechirdi.  Gotika  uslubining  Vatani  Fransiya  bo‘lib,  Parij 
shahrining  zaynati  Bibi  Maryam  sobori  (Notrdam  de  Pari)  1163-1314  qurildi. 
Reyms Sobori, Amendagi sobor, Keln soborlari (1248-1880) qad ko‘tardi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə