Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
50 
 
oy  nurlarida  shu  haykalning  o‘zi  yana  bir  go‘zallik  kashf  etadi.  Shuning 
uchun haykal turli paytida kishida turlicha taassurot qoldiradi. 
Undagi  uning  hayajon  va  gamginligi,  kelajakka  intilish  utmishga 
kaygurishi  ham  o‘z  ifodasini  topadi.  Haykaltaroshlik  asarlarida  insonning 
tevarak-atrofga  bo‘lgan  munosabati  ham,  qalbidagi  iztirob  ham  ishonarli 
talqin  etilishi  mumkin  bunda,  eng  avvalo,  haykaltaroshning  o‘ta  ziyrakligi, 
odam  gavdasi  va  mimik  o‘zgarishlarni  to‘g‘ri  ifodalashi  muhim  o‘rinni 
egallaydi.  To‘g‘ri  topilgan  harakat,  yuzidagi  mimik  xolat  -  bo‘lar  uning 
ta’sirli bo‘lishiga zamin tayyorlaydi. 
 Haykallarning  har  biri  bir  taglikka  (postameng  yoki  pedestalga) 
o‘rnatilgan  bo‘ladi,  ba’zan  haykaltarosh  uz  maqsadini  ruyobga  chiqarishda 
bir  necha  taglikka  o‘rnatilgan  haykallar,  releflardan  foydalanishi  mumkin. 
Bunday  holda  bu  hamma  haykallar  kupi  -  ansambli  bir-biri  bilan  bog‘liq 
bo‘lib, hammasi birgalikda bir mazmunni anglatadi.  
 Haykaltaroshlik  san’ati  har  bir  mamlakatda  qadim  zamonlardan 
boshlab  rivojlanib  kelgan  san’at
 
turidir.  Bunga  arxeologik  qazilmalarda 
topilgan  san’at  durdonalari  misoldir.  San’at  tarixiga  nazar  solar  ekanmiz, 
Qadimgi Misr san’ati bilan tanishib chiqamiz. Qadimgi Misrning geografik 
o‘rni haqida Shimoliy Afrikada yomg‘ir juda kam yog‘adi, ko‘p vaqt havo 
issiq bo‘ladi, bu yerda qumloq va toshloq cho‘llar 1000 kmni tashqil etadi. 
Dunyodagi eng katta daryolardan biri Nil janubdan, shimolga qarab chullarni 
kesib o‘tadi. Nil daryosi Markaziy Afrikada joylashgan katta ko‘llardan oqib 
keladi.  Nil  daryosi  O‘rta  dengizga  borib  quyiladi.  Nil  vodiysi  va  deltasida, 
ostonalardan  tortib  to  dengizgacha  eramizdan  avval  IV  ming  yillikda 
Misrning  davlatlar  paydo  bo‘ldi:  Misrning  fir’avnlar  hokimiyati  ostida 
birlashtirildi.  Eramizdan  kariyib  3  ming  yil  ilgari  Janubiy  podshoxlikning 
podshosi,  Shimoliy  podshoxlikni  yengib  chiqadi  va  deltani  bosib  oladi. 
Qudratli  podshoxlik  topib  u  bugun  Misrni  birlashtiradi.  Qadimgi  Misrda 
toshdan o‘yib ishlangan, taxtacha undagi tasvirlar eramizdan avvalgi 3 ming 
yilcha  oldin  ishlangan.  Taxtachadagi  tosh  haykallar  nimalar  haqida  hikoya 
qiladi?  G‘olib  jangchi  dushmanlardan  birining  sochini  ushlab  turibdi, 
boshqalar  qochib  ketishmoqda.  G‘olib  jangchining  qudratini  ko‘rsatish  uchun 
uni  paxlavon  qilib  tasvirlashgan.  Lochin  shaklidagi  hudo  arqon  bilan  boshini 
ushlab  turib  g‘oliblar  asirlarni  qo‘lga  tushirganlar,  degan  ma’noni  bildiradi. 
G‘olibning  boshida  Janubiy  podshoxlik  toji  bor.  Lochin  o‘tirgan  papirus 
shoxlari del’tani anglatadi. Taxtachaning orqa tomonida podsho, boshqa taxtda 
Shimoliy podshoxlik taxtida tasvirlangan. 
 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə