Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
49 
 
Haykaltaroshlik  turlari  deganda,  monumental  haykaltaroshlik  dekorativ 
haykaltaroshlik  va  dastgoh  haykaltaroshligini  tushunamiz.  Monumental 
haykaltaroshlikka  muhim  tarixiy  voqealar,  atoqli  shaxslar,  xotirasini 
abadiylashtirish  maqsadida  o‘rnatilgan  monument  turli  xildagi  yodgorliklar, 
haykaltaroshlik  ansambllari  kiradi.  Odatda,  monumental  haykaltaroshlik 
asarlari  o‘zida  katta  mazmunni  anglatib,  mustaqil  xarakterga  ega  bo‘ladi. 
Lekin shu  bilan birga,  u bevosita  muhit,  me’morchilik binolari  hamda  tabiat 
bilan  uyg‘un  bo‘lishi  lozim.  Bu  unga  yanada  ulug‘vorlik  va  ta’sirchanlik 
baxsh  etadi.  Monumental  haykaltaroshlik  asarlariga  xos  bo‘lgan  xislatlardan 
yana  biri,  kahramonlarni  ko‘tarinki  ruhda  tasvirlashdir.  Monumental-
haykaltaroshlik  asarlari  uzoqdan  ko‘rishga  mo‘ljallanganligi  sababli,  katta-
katta,  yaxlit  shakllardan  keng  foydalaniladi.  Odam  yuzidagi  mayda  detallar, 
kiyimdagi buklanishlar, undagi mayda detallar ko‘rsatilmaydi. 
 Istiroxat  bog‘lari,  hiyobonlar,  ko‘cha  va  parklar,  shuningdek, 
me’morchilik  binolarining  devorlarini  bezash  uchun  ishlatiladigan 
haykallarning  hamma  turlari  dekorativ-haykaltaroshlik  san’atiga  kiradi.  Agar 
monumental-haykaltaroshlik  asarlarida  obrazlar  ko‘tarinki  ruhda  ishlansa, 
dekorativ-haykaltaroshlik  asarlarida  esa  obrazlar  biron  yumoristik  tarzda 
talqin  etiladi.  Haykaltaroshlikning bu  turida  turli hayvonlar shakli ham keng 
ishlatiladi. 
 Binolarning  devorlariga  ishlanadigan  turli  bo‘rtma  tasvirlar,  amaliy 
san’at buyumlarining yuzasiga ishlangan tasvirlar, turli fontanlar, panjarada, 
badiiy  darvozalar,  chinnidan  yasalgan  turli  haykalchalar,  loydan  ishlangan 
o‘yinchoqlar xam shu haykaltaroshlikning ko‘rinishi hisoblanadi. 
 Dastgox  xakaltaroshligiga  mustaqil  mazmunga  ega  bo‘lgan,  san’atning 
boshqa  turlariga  tobe  bo‘lmagan  asarlar  kirada  Bunday  asarlar  kurgazmalar, 
uylarga  kuyish  uchun  mo‘ljallangan  bo‘ladi  haykaltaroshlikning  bu  turida 
voqelik butun borligi bilan aks ettiriladi hamda inson psixologiyasidagi nozik 
o‘zgarishlar,  uning  ichki  ruhiy  kechinmalari,  kayfiyatini  ochib  berish 
imkoniyati katta bo‘ladi. 
 Haykaltaroshlikda  ijodkor  yorug‘-soyalar  uyinidan  foydalanish  orqali 
o‘z  haykallarini  ta’sirli  va  jozibali  bo‘lishiga  erishadi.  Haykal  yorug‘  soya 
bilan tirik, ya’ni nur tushishi bilan u ham jonlanadi, yorug‘likning o‘zgarishi 
bilan  undagi  yorug‘-soya  tovlanishi  ham  o‘zgaradi,  natijada,  udan 
tomoshabin oladigan taassurot ham o‘zgarib boradi. Bu narsa monumental va 
dekorativ  haykallar  uchun  juda  qo‘l  keladi.  Chunki  maydon  yoki  hiyobonga 
o‘rnatilgan  haykalga  ertalabki  tong  quyoshining  nurlari  bir  joziba  bersa, 
kechki kun botish paytidagi quyosh nurlari boshqacha bir fayz kiritadi. Tungi 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə