Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
54 
 
hayotni  o‘rganish  zaminida  yuzaga  kelgan  qalb  harorati  bilan  isitilgan  va 
hayotga  bo‘lgan  munosabatini  ifodalovchi  asarlaridir.  Leonardo  da  Vinchi 
me’mor  sifatida  xam  Milanda  bir  kator  san’at  proektlari  ishladi  «Gordagi 
Madonna» (1483-1484), «Sirli oqshom» (1495-1497) kabi asarlarini Milandagi 
«Sant  Mariya  della  Gratsiya»  monastri  uchun  ishlangan  sur’ati  uni  navator 
rassom  darajasiga  ko‘taradi.  Milan  Fransiya  qo‘shinlari  tomonidan  bosib 
olingan  yili  Leonardo  Florensiyaga  kaytib  keladi.  Bu  yerda  mashhur  “Mono 
Liza”  (Jakonda)  asarini  ishlaydi.  «Mono  Liza»  portreti  (1503)  jahon 
rangtasviring  mashhur  yodgorligidir.  Bu  portret  bilan  Yevropa  san’atida 
chuqur  psixologik  portret  san’ati  boshlanadi.  Rafael  Santi  (1483-1520) 
Leonardoning  kichik  zamondoshi  bo‘lib,  oddiy  rassom  Javanniy  Santining 
farzandi  edi.  Rafael  rassomlik  asoslarini  dastlab  otasidan  o‘rgandi,  so‘ngra 
urbinalik rassom  Timoteo Viti ustaxonasida davom ettirdi. 1500  yili Perujino 
ustaxonasida o‘z bilimini oshirdi. U ilk asarini 17 yoshida ilk asari «Konstebel 
Madonnasi»  (1500)  rassom  ijodining  ilk  namunasidir.  Perudjiyada  4  yilga 
yaqin  bo‘lgandan  so‘ng  Rafael  yana  Urbinaga  kaytdi  va  bir  ozdan  keyin 
Florensiyaga  keldi.  Bu  yerda  o‘zining  mashhur  bo‘lishiga  sabab  bo‘lgan 
«Madonnalar»  obrazini  yaratdi.  Uyg‘onish  davrining  ijodkorlardan  biriga 
aylandi. XVI asr boshlariga kelib Rim Italiyaning muhim siyosiy va madaniy 
markaziga aylanadi. Rafaelni xam 1508 yili Rimga taklif qildilar. Shu paytdan 
boshlab  Rafael  ijodining  eng  gullagan  davri  boshlandi.  Dastlab  unga 
Vatikandagi  papalar  shaxsiy  xonalarining  devorlarini  bezash  topshirildi. 
Rafael  bu  ishni  muvaffakiyatli  bajardi  va  bundan  xursand  bo‘lgan  papalar 
unga yana xonalarni bezash va unga devoriy sur’atlarni ishlashni topshirishdi. 
U o‘zining ajoyib dekorativ ustasi sifatida ko‘rsatdi. Bu sur’atlar papalarning 
mamlakatni  siyosiy  jihatdan  birlashtirish,  ozodlik  va  mustaqillik  uchun  olib 
borilayotgan kurashni ko‘rsatishi, yukolib borayotgan cherkov obrusini qayta 
tiklash  va  mustahkamlashi  zarur  edi.  Rafaelning  yana  bir  mashhur  devoriy 
sur’atlaridan  bu  «Iliadorning  kuvilishi»  kompozitsiyasidir,  Rafael  Rimda 
bo‘lgan  kezlarida  yana  bir  mashhur  «Sikst  Madonnasi»  1515-1519)  asarini 
yaratdi.  Bu  sur’at  avliyo  Sikst  cherkovi  uchun  mo‘ljallangan.  Bu  asarda 
rassom  uz  manfaatini  xalk  manfatidan  ustun  kuyadigan  ideal  inson  obrazini 
yaratib,  uz  davrining  kishilarini  gumanistik  ideallarini  poetik  talqin  eta  oldi. 
Rafael  ijodining  so‘nggi  yillarida  rassomchilik  bilan  birga  me’mor  sifatida 
xam ijod qilgan. 
 Mikelanjlo  Buonarotti  (1475-1564).  U  san’atning  ko‘p  turlarida, 
jumladan  haykaltaroshlik,  me’morchilik  rassomlikda  ijod  qilgan,  lekin  u 
san’atning  qaysi  turida  ijod  qilmasin  shakliy  jihatdan  tugal,  g‘oyaviy 
jihatdan  chukur  badiiy  jihatdan  go‘zal  asarlar  yarata  oldi.  Mikelandelo  70 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə