Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
56 
 
o‘rtasida qurilgan hashamatli bino hammani juda hayratlantirganligi binoning 
shimoliy  devorida  bo‘yoqlar  bilan  xitoy  imperatorining  tasviri;  sharkiy 
devorida  turk hoqonlari va  Hindiston hukmdorlari;  G‘arbiy devorida  esa  eron 
va  Rim  podisholari  tasviri  tushurilganligi  haqida  aytadi.  O‘rta  Osiyoda 
quldorlik tuzumi  inqirozga  yuz  tutib  o‘z  o‘rnini  feodalizmga  bo‘shatib  berdi. 
Bu tuzum qurilish ishlarida yaqqol ko‘rina boshladi. 
 Ustun,  yarim  ustun,  ark  hamda  turli  dekorativ  me’morlar  hajmlarida 
podisho  saroyining  xushmanzara  va  muxobatli  bo‘lishida  foydalanilgan.  Bu 
binolar  xom  g‘isht  paxsadan  ishlangan  bo‘lib  ganch  bilan  bezalgan.  Ganch, 
yog‘och o‘ymakorligi binoga fayz kiritgan. Ilk feodaliz davrida O‘rta Osiyoda 
yagona  din  bo‘lmagan  jumladan,  Fargona  vodiysi  Quvadan  topilgan 
ibodatxona  xarobasi  ilk  feodalizm  davrida  ham  bu  yerda  buddizm  mavjud 
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu yerdadagi ibodotxona ikki xonadan iborat bo‘lib, 
oldi  xonasi  ayvon  tepada  va  unga  kiraverishda  haykallar  o‘rnatilgan. 
Xorazmda  topilgan  ko‘mish  marosimi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  Ossuriy  bo‘lgan 
deb  nomlangan  to‘rtburchak  quticha  shaklidagi  loydan  yasalgan  tobutchalar 
bu  yerda  zorastrizm  mavjud  bo‘lganligidan  dalolat  beradi.  Dumaloq  va 
bo‘rtma  tasvir  shaklida  me’morchilik  komplekslaridan  keng  ishlatilgan.  Bu 
haykalalarda  diniy  va  afsonaviy  obrazlar  bilan  bir  qatorda  real  hayotni  aks 
ettiruvchi  obrazlar  ham  uchraydi.  Haykallar  maxsus  loydan  tayyorlangan, 
yog‘och,  ganch  va  toshdan  ishlangan.  Bu  xususida  Varaxshadan  topilgan 
yodgorliklar  diqqatiga  sazovordir.  Varaxshadagi  saroyni  bezashda  g a n c h  
o‘ymakorligidan keng qo‘llanilgan. Albatta ilk feodalizm madaniyatining ilk 
yutuqlari  monumental  dekorativ  rangtasvir  san’atida  o‘zini  to‘liq  namoyon 
qildi.  Afrosiyob  (Samarqand),  Panjikent  (Tojikiston),  Varaxsha  (Buxoro 
viloyati),  Bolalik  tepa  (Surxandaryo  viloyati)da  topilgan,
  D
evoriy  sur’atlar 
va  haykaltaroshlik  namunalari  jahon  monumental  rangtasvir  san’atining 
nodir  durdonasi  hisoblanadi.  O‘rta  Osiyo  jahonga  qator  buyuk  allomalar 
yetkazib  berdi.  Ular  o‘z  mehnat  va  aqil  zakovatlari  bilan  jahon  ilmi  fan 
taraqqiyotiga katta xissa qo‘shdi. Al-Xorazmi, Abu ali Ibn Sino, Al-Beruniy, 
Al  Farobiy,  Al  Buxoriy,  Naqshbandiy;  Ulug‘bek,  Navoiy,  Bobur, 
Nodirabegim,  Zebinosi  kabi  alloma  va  shoirlarni  yetkazib  berdi.  Amir 
Temur  davrida  O‘rta  Oisyoda  ilm  fan  san’at  gullab  yashnadi. 
Me’morchilikda  har  o‘zgarishlar  yuz  berdi.  Afrosiyob  yonbag‘rida 
joylashgan  Shoxi-Zinda  Bibixonim  madrasasi  Go‘ri  Amir  Maqbarasi 
Registondagi  Ulug‘bek  madrasasi  fikrimizga  dalildir.  Ulug‘bek  falakiyot 
rivojlangan bo‘lsa,  Xusayin Bayqaro podisholigi davrida adabiyot va san’at 
rivoj topdi. 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə