Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
35 
 
tomonidan  ishlangan  «Vladimir  Bibi  maryami»  ikonasi  hisoblanadi.  Vizantiya 
san’ati madaniyati, jahon xalqlari san’ati va madaniyatining rivojlanishiga katta 
ta’sir  o‘tkazadi.  Bu  madaniyat  janubiy  Slavyanlarga  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatadi. 
Qadimgi Rus san’ati va madaniyati taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Vizantiya 
me’morligi amaliy san’at namunalari ko‘pgina xalq san’atkorlari uchun namuna 
maktabi vazifasini o‘tadi.  
VI-VII asrlarda slavyan qabilalarining Bolqon yarim oroli tomon ommaviy 
ko‘chishi  Vizantiya  imperiyasida  feodal  munosabatlarning  tezlanishiga, 
quldorlik tuzumining tugashiga olib keldi. Shu bilan birga slavyan qabilalarining 
Vizantiya  bilan  to‘qnashi  ularning  ijtimoiy  va  siyosiy  rivojlanishlarida,  asta-
sekin esa ilk feodal davlatlarning paydo bo‘lishida muim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Bu  yerda  ular  Bolqon  qabilalari  bilan  assimilyatsiyalashib  ketishdi.  Bolqon 
yarim  orolida  yirik  davlatlar  galma-galdan  maydonga  chiqdi  va  inqirozga 
uchradi. Ana shular ichida Bolgariya podsholigi, Serbiya va Xorvatiya davlatlari 
yirik bo‘lib, taraqqiyotida ham sezilarli iz qoldirdilar.  
Bolgariya  san’ati  va  madaniyatining  birinchi  taraqqiyoti  IX-X  asrlarga 
to‘g‘ri keldi. Bu davrda slovyan yozuvi va bolgar adabiyoti paydo bo‘ldi. Bolgar 
san’atiga  xos  bo‘lgan  xususiyatlardan  biri,  antik  an’analarning  unda  uzoq 
yashashidadir.  Jumladan,  uning  me’morchiligida  tekis  yoyilgan  tomi  va  yon 
tomonlaridagi  binolar  uzoq  vaqt  saqlangan.  Bunga  avliyo  Sofiya  ibodatxonasi 
misol  bo‘la  oladi.  XI  asrdan  boshlab,  bud-gumbaz  tipidagi  binolar  qurila 
boshlandi.  Shu  tipda  qurilgan  dastlabki  ibodatxonalar  Presp  ko‘li  atrofidagi 
German  cherkovi  (1066  y.)  bo‘lib,  u  o‘zining  nozik  nisbati,  konstruktiv 
tuzilishining aniqligi bilan xarakterlanadi. Bino juda sodda bezatilgan. 1187 yili 
Bolgariya  mustaqil  davlatga  aylandi.  Tarixchilar  ikkinchi  Bolgariya  podsholigi 
davrini shu yildan boshlab hisoblaydilar. 
Feodalizmning  yangi  bosqichi  bo‘lgan  bu  davr  savdo-sotiq,  madaniyat  va 
san’atning jonlanishi bilan xarakterlanadi. Me’morchilik bezagiga e’tibor berish 
Bolgariyada  keng  o‘rinni  egalladi.  Bu  davrda  miniatyura,  ayniqsa,  yog‘och 
o‘ymakorligi juda rivojlandi. Bu o‘ymakorlikning qadimgi namunasi Oxirddagi 
Nikolay  cherkovi  uchun  ishlangan  eshik  yuzasidagi  turli  qush,  hayvon  va 
o‘simliklar dunyosidan olinganobrazlar tasviridir. Yozuv manbalari Bolgariyada 
zargarlik san’ati ham yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi. XIV asrning ikkinchi 
yarmida  turklar  tomonidan  bosib  olinishi  uning  san’at  va  madaniyatiga  salbiy 
ta’sir qildi. Uning monumental san’at taraqqiyoti deyarli to‘xtadi.  
XII-XIV asrlarda Serbiya Bolqon yarim orolidagi yirik davlatlardan biriga 
aylandi, san’at va madaniyatning gullagan davrini boshidan kechirdi.Serhasham 
me’morchilik  va  monumental  rangtasvir  san’atida  muhim  yutuqlarni  qo‘lga 
kiritib,  O‘rta  asrning  yetuk  markazlaridan  biriga  aylandi.  Serbiya  Vizantiya  va 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə