Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
30 
 
bajarilgan.  Bu  davrga  kelib,  haykaltaroshlik  yuksak  kamolot  davriga  qadam 
qo‘ydi.  Haykaltaroshlar  endilikda  odam  qomati  va  yuz  tuzilishini  to‘g‘ri 
tasvirlabgina  qolmasdan,  o‘z  asarlarida  murakkab  harakatlarni  ham  ifodashga, 
kompozitsiya  yechimining  hayotiy  bo‘lishiga  alohida  e’tibor  bera  boshladilar. 
Shunday  masala  bilan  shug‘ullangan  yirik  haykaltaroshlardan  biri  Miron 
hisoblanadi.  Uning  mashhur  asarlaridan  biri  “Diskobal”  (Disk  otuvchi) 
haykalida  jismoniy  go‘zal,  ma’naviy  kuchli  ideal  inson  obrazi  yaratiladi. 
So‘nggi klassika davri haykaltaroshligi realistik tendensiyaning kuchayishi bilan 
xarakterlanadi.  Haykaltaroshlar  o‘z  qobiliyati,  dunyoqarashi,  imkoniyatlaridan 
kelib  chiqib,  inson  ma’naviy  olamining  turli  qirralarini  yorita  boshlaydilar.  Bu 
xususiyat so‘nggi klassikaning buyuk haykaltaroshlari Skopos, Praksitel, Lisipp 
ijodida sezilarli edi. 
San’atda  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlar  so‘nggi  klassika  davrining  yirik 
haykataroshi  Skopos  ijodida  o‘z  ifodasini  topdi.  U  yuqori  klassika  an’analarini 
davom  ettirib,  monumental,  qahramonlik ruhi bilan  sug‘orilgan  haykaltaroshlik 
kompozitsiyalarini  ishladi,  lekin  asarlarida  yuqori  klassikaga  xos  xotirjamlik, 
ulug‘vorlik,  vazminlik  emas,  balki  serQayrat,  kuch-quvvatga  to‘lib-toshgan 
kishilarning  ko‘rinishi,  ma’naviy  ichki  dunyosi  ochib  ko‘rsatiladi.  Skopasning 
mashhur  asarlaridan  biri  “Menada”  (Vakanka,  Dionisning  umr  yo‘ldoshi) 
haykalidir.  Unda  raqs  dunyosiga  cho‘mgan,  maftun  bo‘lgan  Menada  holati 
tasvirlanadi.  
Menadaning  berilib  raqsga  tushayotgan  holati  orqali  tashlangan  bosh 
harakati,  spiralsimon  buralgan  gavda  orqali  ochib  berilgan.  Obrazning  har 
tomonlama  idrok  etilishini  hisobga  olish  ham  Skopos  ijodini  avvalgi  davr 
san’atidan farqlaydi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə