Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   173
jahon sanati tarixi

Arxaik Gretsiya san’ati.  
Eramizdan  avvalgi  VIII  asr  oxirlaridan  boshlab,  ilk  quldorlik  jamiyati 
tashqil topa boshlagan. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda arxaik, ya’ni qadimgi 
(grekcha  “arxeyos”  -  qadimgi  demakdir)  davr  deb  nomlanadi.  Arxaika  davrida 
Gretsiyada  ilmiy  fikrlar  rivojlanadi.  Tibbiyot,  astronomiya,  tarix,  geografiya, 
matematika  taraqqiy  qildi,  poeziya,  adabiyot,  teatr  kamol  topdi,  grek  yozuvi 
paydo  bo‘ldi.  Greklar  o‘zlaridan  avvalgi  xalqlar,  Sharq  mamlakatlari  -  Bobil, 
Misrning  fan  va  madaniyat  borasidagi  yutuqlarini  chuqur  o‘rganib,  o‘zlarining 
betakror san’at va madaniyatlarini yaratishga muyassar bo‘ldilar.  
Me’morlik.  Arxaika  davri  me’morchilik  san’ati  shaharlarning  rivojlanishi 
va qurilishi bilan bog‘liq. 
Grek  ibodatxonalari  bir  necha  tipda  bo‘lib,  bularning  ichida  eng  keng 
tarqalgan  tipi  peripter  hisoblangan.  Bu  tipda  qurilgan  binoning  markaziy  qismi 
muqaddas  yer-sella  bo‘lib,  atrofi  esa  ustunlar  bilan  o‘ralgan.  Grek 
me’morchiligining  bu  tipi  faqat  grek  me’morchiligidagina  emas,  balki  jahon 
san’ati  me’morchiligida  ham  katta  rol  o‘ynadi.  Ilk  Arxaika  ibodaxonalari 
birmuncha  past  va  uzunroq  qilib  qurilgan.  Ularning  ko‘rinishi  vazmin  va 
salobatli.  Pestumdagi  (Italiya)  Gera  ibodatxonasi  (er.av.VI  asr  o‘rtalarida)  shu 
jihatdan  ibratli.  Korinfdagi  Apollon  ibodatxonasi  (er.av.VI  asrning  ikkinchi 
yarmida  qurilgan)  periter  tipidagi  doriy  orderida  ishlangan  bo‘lib,  uning  old 
tomonida 6, yon tomonida 15 ustun o‘rnatilgan. Bu ibodatxonada ham Arxaika 
me’morchiligining xarakterli tomonlari ochiladi.  
Haykaltaroshlik. Arxaika davrida grek monumental haykaltaroshligi kamol 
topa boshladi. Toshdan yaratilgan haykallar namunasi esa eramizdan avvalgi VII 
asrlarga to‘g‘ri keladi. Haykaltaroshlikning rivojlanishida Krit san’atkorlarining 
ta’siri  sezilarli  bo‘lgan.  Arxaika  davri  haykaltaroshligida  odam  gavdasini 
alohida  tasvirlash  bilan  birga,  voqealarni  aks  ettiruvchi  kompozitsiyalar, 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə