Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
27 
 
bilan  ajralib  turadi.  Eramizdan  avvalgi  XII  asr  o‘rtalarida  Bolqon  yarim 
orollarining  shimolidan  janubga  tomon  siljiy  boshlagan  doriy  qabilalarining 
Egey  orollaridagi  davlatlarni  bosib  olishi  Peloponesdagi  egey  madaniyatini 
tugashiga  sabab  bo‘ldi.  Lekin  uning  keyingi  ellin  madaniyatiga  ta’siri  kuchli 
bo‘ldi.  
Elladaliklar  Egey  madaniyatining  eng  yaxshi  yutuqlarini  o‘zlashtirdilar. 
Ular  Krit-Miken  diniy-mifologik  tushunchalarini  qabul  qildilar.  Kulolchilik, 
mayda plastika san’ati an’analari Ellada san’ati taraqqiyotida davom ettirildi. 
Qadimgi Gretsiya san’atining jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rni. 
Odatda  Qadimgi  Gretsiya  san’ati  tarixi  Mikenaning  qulashi  va  Doriylar 
tomonidan  Peloponnes,  uning  janubida  joylashgan  orollar,  Kritning  bosib 
olinishi  bilan  boshlanadi  va  eramizdan  avvalgi  XI  asrdan  I  asrgacha  bo‘lgan 
davrni o‘z ichiga oladi. Bu tarixiy-badiiy davr to‘rt bosqichdan iborat: 
1). Gomer davri (er.av. XI-VIII asrlar); 
2). Arxaika davri (er.av. VII-VI asrlar); 
3). Klassika davri (er.av. V-IV asrlarning dastlabki uch choragi); 
4). Ellinizm davri (er.av. IV-I asrlar). 
Greklar  birinchi  bor  badiiy  ijodda  insoniyatning  asriy  muammolarini 
yechishga  urindilar.  Ular  botirlik,  jasorat,  Vatan  mehri  va  hur  insonning 
qudratini  ulug‘ladilar,  uning  jismoniy  go‘zalligi  va  ma’naviy  barkamolligini 
ifodalab,  ideal,  garmonik  kamol  topgan  inson  obrazini  yaratishga  intildilar. 
Buyuk  Sofoklning  “Tabiatda  insondan  kuchli  zot  yo‘q”,  -  degan  fikri  davr 
estetikasi,  dunyoqarashini  o‘zida  mujassamlashtirgan.  Qadimgi  Gretsiyada 
faoliyatli,  davlat  manfaatini  o‘z  manfaatidan  ustun  qo‘yadigan  insonni 
ulug‘ladilar. Irodali, Vatanni sevadigan va uning uchun kurasha oladigan inson 
obrazini ideal inson, deb bildilar. 
Har  to‘rt  yilda  o‘tkaziladigan  Olimpiya  musobaqalari  esa,  erkin  Ellinning 
jismoniy  va  ma’naviy  shavkatini  namoyon  etuvchi  bayramga  aylandi, 
g‘oliblarga  haykallar  o‘rnatildi.  Darhaqiqat,  Grek  san’ati  insonning  real  his-
tuyg‘ularini badiiy ifoda etishi bilan hamon kishiga zavq-shavq baxsh etmoqda; 
inson  aql-idroki,  zakovatini  tarannum  etib,  unga  kuch  bag‘ishlamoqda.  Grek 
san’atining  shu  jihati  Yevropaliklar  tomonidan  ham,  Sharq  xalqlari  tomonidan 
ham e’zozlanadi.  
Mamlakatimiz  san’atkorlari  ham  bu  san’at  namunalariga  murojaat  qilib, 
o‘zlarining mahoratlarini oshirganlar.  

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə