Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   173
jahon sanati tarixi

3.
 
Ellinizm davri san’ati. 
4.
 
Qadimgi Italiya san’ati, uning geografik o‘rni, davlat chegarasi. 
 
Antik iborasi lotincha “antikbus” so‘zidan olingan bo‘lib, “qadimiy” degan 
ma’noni bildiradi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan kiritilgan 
bo‘lib,  asosan  Qadimgi  Grek-Rim  madaniyati  va  san’atini  ifodalash  uchun 
ishlatilgan. 
Yevropa, Osiyoning bir qismi hamda Shimoliy Afrikada yashagan xalq va 
qabilalar  san’ati  ham  qisman  antik  san’atga  aloqadordir.  Greklar  o‘zlarini 
Ellinlar  deb,  o‘z  mamlakatlarini  esa  Ellada  deb  ataganlar.  Ellada  san’ati 
keyinchalik  Iskandar  Zulqarnayn  bosib  olgan  juda  katta  imperiya  san’atining 
rivojlanishiga  ta’sir  o‘tkazdi.  Elladaliklar  san’ati  Qadimgi  Rim  san’atiga  ta’sir 
etdi.  Rimliklar  Grek  san’atini  e’zozladilar,  o‘rgandilar  va  uni  yangi  pog‘onaga 
olib  chiqdilar.  Antik  madaniyat  va  san’at  tarixi  476  yili  Rim  imperiyasining 
qulashi bilan tugallanishini ham shu bilan izohlash mumkin. 
Antik san’at asrlar mobaynida insoniyatni maftun etib, uni o‘ziga jalb etib 
kelmoqda.  Yevropa  xalqlari  shu  san’at  va  madaniyatga,  grek  va  rimliklar 
yaratgan ma’naviy boyliklarga murojaat qilib keldilar. Bugungi Yevropa san’ati 
va teatri, adabiyoti va falsafasi antik dunyoga suyanadi.  
Uyg‘onish  davri,  XVII  asrda  paydo  bo‘lgan  klassitsizm  badiiy  oqimi 
namoyandalari ijodi ham antik dunyo san’atiga taqlid qilish asosida rivojlanadi.  
O‘rta  Osiyo  xalqlari,  jumladan  O‘zbekiston  xalqlari  ham  ellinlar 
madaniyati  va  san’atildan  bahramand  bo‘ldilar.  Buni  O‘zbekiston  tuprog‘idan 
topilgan va topilayotgan grek madaniyati va san’atiga oid juda ko‘p namunalar 
yoki ular ta’sirida yaratilgan madaniyat yodgorliklari ham isbotladi.  

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə