Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
24 
 
hukmronlik  qilgan  paytida  avvallari  mustaqil  bo‘lgan  qator  davlat  va  qabilalar 
Xitoy imperiyasiga qo‘shildi. Xitoy O‘rta Osiyo, Eron, Suriya, Rim imperiyalari 
bilan  savdo-sotiq  ishlarini  jonlantirdi.  Xitoyning  tasviriy,  amaliy  va 
me’morchilik san’ati ham nihoyatda rivojlandi. 
Sichuandagi maqbara releflari bir muncha dinamik xarakterga ega bo‘lib, u 
yerda  ov  manzaralari,  yig‘im-terim  ko‘rinishlari  tasvirlangan.  Xan  davri 
maqbaralarida  ko‘plab  devoriy  surat  namunalari  uchraydi.  Ular  yorqin 
bo‘yoqlarda  ishlangan,  voqea  va  hodisalarning  hayotiy  va  ifodali  bo‘lishiga 
e’tibor berilgan. Xan davrida portret rassomchiligi ham rivojlandi. Maqbara va 
saroy  devorlariga  portretlar  ishlash  keng  odat  tusiga  kirdi.  Devorga  ishlangan 
shunday portretlardan biri Loyan yaqinidagi Xan davri maqbarasi saqlanib qoldi. 
Shunday  portret  ishlashda  tanilgan  rassomlardan  biri  eramizdan  avvalgi  I  asr 
oxirlarini  o‘ziga  juda  o‘xshatishga,  hatto  ideallashtirishga  usta  bo‘lgan.  Uning 
portretlaridan  tasvirlanuvchi  odamning  yoshi  va  hatto  hulqini  bilish  mumkin 
bo‘lgan. 
Kulolchilikda rang keng qo‘llanilgan. Badiiy kashtachilik va to‘qimachilik 
harbiy Osiyo va Yevropa mamlakatlarida yuqori baholandi. Nefritdan ishlangan 
turli buyum va haykalchalar ko‘pchilikka manzur.  
Qadimgi  Xitoy  san’ati  Xan  davlatining  inqirozga  yuz  tutishi  bilan  o‘z 
umrini  tugatadi.  Lekin  qadimgi  davrlarda,  ayniqsa  Xan  davri  san’atida  paydo 
bo‘lgan  an’analar  Xitoy  san’ati  va  madaniyati  taraqqiyotiga  katta  ta’sir  qildi, 
uning xarakterli tomonini belgilashda muhim o‘rin egalladi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə