Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
23 
 
foydalanilgan  hamda  imperiyaning  yagonaligini  va  jipsligini  ko‘rsatadigan 
o‘ziga xos haykal hisoblangan.  Bu  ustunlar  hayvonlar  tasviri ishlangan kapitel 
bilan tugallangan. Sarnatxdagi stambx va uning sherlar tasviri ishlangan kapiteli 
mashhurdir. 
Buddaning  darveshona  hayot  kechirganining  ramziy  ma’nosi  g‘orlarda 
ishlangan  ibodatxonalardir.  Bunday  ibodatxonalar  qoyalar  ichiga  ishlangan, 
ichkarida koxinlar xonasi va ibodatxona joylashgan. Uning xonalari qoya ichiga 
o‘yib  kirgan,  devorlari  esa  haykaltaroshlik  va  rangtasvir  bilan  bezatilgan. 
Kiradigan  eshigining  to‘g‘risida,  xonaning  dumaloq  qilib  ishlangan  tomoniga 
esa stupa o‘rnatilgan. 
Qadimgi  Hind  so‘nggi  taraqqiyoti  Guptalar  sulolasi  (320-450  yillar) 
davriga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  Hindistonning  quldorlikdan  feodal  munosabatlarga 
o‘tish  davri  bo‘lib,  san’at  va  madaniyatning  yanada  ravnaq  topish  davri 
hisoblanadi.  Adjanta  g‘oridagi  ibodatxona  va  uning  badiiy  bezaklari,  devoriy 
suratlari 
qadimgi 
Hind 
san’atining  eng  yaxshi  tomonlarini  o‘zida 
mujassamlashtiradi.  

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə