Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
19 
 
o‘ziga qaratib oldi. Faqat Xorazm, Farg‘ona va Sirdaryo bo‘yidagi ko‘chmanchi 
qabilalargina o‘z mustaqilligini saqlab qoldi.  
Eramizdan  avvalgi  III  asr  o‘rtalarida  Parfinon  davlati  (Turkmanistonning 
Janubiy-G‘arbiy tomoni va Eronning shimoliy sharqiy qismlari) O‘rta Sharqning 
yirik  davlatlaridan  biri  sifatida  tanildi.  Arshakiylar  sulolasi  boshqargan  davrda 
esa  jahondagi  yirik  davlatlardan  biriga  aylandi.  Parfinon  san’atini  o‘rganishda 
ham tanga yuzasiga ishlangan bo‘rtma tasvirlar keng o‘rinni egallaydi. 
Parfiya  san’atini  tushunishda  Ashxobod  yaqinida  arxeologik  qazishmalar 
natijasida  ochilgan  Parfinonning  yirik  shaharlaridan  biri  hisoblangan  Nisa 
(boshqacha  nomi  Parfnisa)  alohida  o‘rinni  egallaydi.  Eski  Nisa  va  yangi  Nisa 
deb  ataladigan  bu  ko‘hna  shahar  qoldiqlari  hamda  u  yerdan  topilgan  amaliy-
dekorativ  va  tasviriy  san’at  buyumlari  o‘sha  davr  badiiy  hayotini  tushunishda 
bebaho daliliy material hisoblanadi.  
Eski Nisa va yangi Nisa parfiya davrida qal’a va shahristondan iborat bitta 
shaharni tashqil etgan. Bu yerda Parfiya podshosining saroyi, g‘alla, oziq-ovqat 
ombori hamda zodagonlarning sag‘analari bo‘lgan. Bu yerda ochilgan “kvadrat 
uy”  o‘z  tuzilishi  va  bezashda  ishlatilgan  dekorativ  detallari  bilan  diqqatga 
sazovordir.  
Nisadan  topilgan  yodgorliklar  ichida  fil  suyagidan  shoxga  o‘xshatib 
yasalgan  idishlar-ritonlar  haqiqiy  shov-shuvga  sabab  bo‘ldi.  Hajm  jihatidan 
kattagina (balandligi 40-60 sm.) bo‘lgan bu ritonlarning uch tomonida afsonaviy 
hayvonlarning  yarim  beligacha  haykali  ishlangan.  Ritonlarning  tepa  qismi  esa 
bo‘rtma  tasvir  -  friz  bilan  halqalangan.  Bu  bo‘rtma  tasvirlarda  ko‘proq  antik 
mifologiyadan  olingan  voqealar,  qurbonlik  olib  kelish,  raqqosalar  yoki  antik 
hudolarning bo‘rtma tasvirlari ishlangan.  
Yangi  asrning boshlariga  kelib,  O‘rta  Osiyo  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy 
hayotida  jiddiy  jonlanish  boshlandi.  Undagi  qator  madaniy  markazlarda  san’at 
va  madaniyat  borasida  muhim  yodgorliklar  yaratildi.  Shunday  madaniy 
markazlardan  biri  Xorazm  edi.  Qo‘yqirilgan  qal’a,  Guyar  qal’a,  Tuproq  qal’a 
xarobalari, u yerdan topilgan tasviriy va amaliy san’at namunalari shu davrlarda 
(ilk  feodalizm,  ya’ni  V  asrga  qadar)  Xorazmda  ijtimoiy  hayotning  birmuncha 
intensiv bo‘lganligini ko‘rsatadi.  
Qo‘yqirilgan  qal’a  (To‘rtko‘lning  shimoliy  sharqiy  qismidan  22  km. 
uzoqlikda)  er.av.  IV-III  asrda  barpo  etilgan  bo‘lib,  u  dastlab  dumaloq  shaklda 
bo‘lib,  uning  markazida  diametri  44,4  m.  ikki  qavatli  bino,  undan  14,5  m. 
uzoqlikda  esa  mudofaa  devorlari  bo‘lgan.  Bu  devor  keyinchalik  mudofaa 
galereyasiga aylantirilib, tepa qismi ravoqli tom bilan yopilgan. 
Taxminan,  I  asrning  boshlariga  kelib,  Grek-Baqtriya  podsholigining 
parchalanishi  natijasida  vujudga  kelgan  mayda  davlatlar  birlashtirilib,  Kushon 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə