Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
17 
 
MAVZU: QADIMGI ERON VA O‘RTA OSIYO SAN’ATI. 
 
REJA: 
1.
 
Qadimgi Eron va O‘rta Osiyo san’ati. 
2.
 
Ahmoniy va Ellin an’analari, me’morchilik va shu davrga oid san’at 
va madaniyat yodgorliklari bilan tanishtirish. 
 
Eramizdan  avvalgi  VI  asrda  mavjud  bo‘lgan  Eron  podsholigi  (boshqacha 
aytganda  Ahmoniylar  podsholigi)  Sharqdagi  eng  katta  davlatlardan  biri 
hisoblangan. Bu podsholikning asoschisi Ahmoniylar sulolasidan chiqqan Kir II 
(Kayxusrav  II)  bo‘lgan.  U  dastlab  Eronning  Janubiy-G‘arbidagi  tog‘lik 
rayonlardan  birining  hukmdori  bo‘lgan.  Eramizdan  avvalgi  VI  asr  o‘rtalaridan 
boshlab,  o‘z  yerlarini  kengaytirishga  kirishgan.  Dastlab  Midiya  podsholigiga 
qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, uni qaramlikdan qutultirgan va Eron hamda Midiya 
podshosi bo‘lib olgan. So‘ngra Bobil, O‘rta yer havzasidagi qator yerlarni bosib 
olib,  davlat  chegarasini  yanada  kengaytirgan.  Sharqiy  chegaralarni  ham 
kengaytirish niyati va rejalari uning vorislari tomonidan amalga oshirilgan. Doro 
I  yurishlari  natijasida  bu  podsholik  chegarasi  Orol  dengizidan  Hind 
okeanigacha,  Kichik  Osiyo  va  Misr  yerlaridan  Xitoy  chegaralarigacha  borib 
yetgan.  
Ahmoniylar  davlati  o‘zining  qisqa,  lekin  eng  gullagan  va  kuch-quvvatga 
to‘lgan  davrini  eramizdan  avvalgi  V  asr  boshlarida  kechirdi.  Shu  davrda  uning 
san’ati va madaniyati ham misli ko‘rilmagan darajada ravnaq topdi. Shu asrlarda 
hashamatli saroylar, mustahkam maqbaralar yuzaga keldi. Oltin va qimmatbaho 
toshu  injulardan  nafis  uy,  ov  va  jang  buyumlari,  qurol-aslahalar  ishlangan. 
Serjilo  sopol  idishlar  yasaldi,  qimmatbaho  kimxob  matolar  to‘g‘ildi. 
Haykaltaroshlik  (ko‘proq  bo‘rtma  tasvir  tarzida),  devoriy  suratlarning  nafis 
yodgorliklari yuzaga keldi.  
Ahmoniylar davri yodgorliklari ichida silindrlik muhrlar ham keng o‘rinni 
egallagan. Muhr yuzasiga hayotiy voqealarni aks ettiruvchi tasvirlar tushurilgan. 
Shoh  hayoti  va  faoliyatiga  bag‘ishlangan  tasvirlar  muhr  yuzasiga  ishlangan 
tasvirlarning  bosh  mavzusini  belgiladi.  Qadimgi  Eron  san’atida  dumaloq 
haykallar  va  ayniqsa  relef  keng  uchraydi.  Bu  yerda  shoh  va  shahzodalar,  turli 
hayvon va afsonaviy jonivorlar haykallari yaratildi. Buyumlar yuzasiga bo‘rtma 
tasvirlar  ishlash,  metallardan  turli  idishlar  yasash  borasida  eronliklar  mashhur 
bo‘ldilar.  Oltin  va  boshqa  qimmatbaho  metallardan  yaratilgan  uy-anjom 
buyumlari,  qurol-aslahalar,  ov  qurollari  nihoyatda  nafis  va  jimjimador  qilib 
ishlangan. Kulochilik buyumlari shakl jihatdan rang-barang, geometrik naqshlar, 
hayotiy  syujetlar  bilan  bezatilgan.  Eron  san’atida  parchinlar  (mayolika)  keng 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə