Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
13 
 
o‘ziga  xos  tomonlarini  shakllanishiga  asos  soldilar.  Bu  majmualarda  Qadimgi 
Misr  me’morlik  an’analarining  muhim  tomonlari  o‘z  ifodasini  topdi,  shu  bilan 
birga,  tantanali  va  hashamatli  bo‘lib  borayotgan  marosimlar  bilan  aloqador 
bo‘lgan me’morchilikning yangi ko‘rinishlari namoyon bo‘ldi.  
Tasviriy san’at.
 Qadimgi Misr tasviriy san’ati me’morchilik bilan bog‘liq 
holda rivoj topdi.  
Dinastiyagacha  bo‘lgan  davrdan  bizgacha  ko‘pgina  haykaltaroshlik, 
rassomlik  va  amaliy  san’at  namunalari  yetib  kelgan.  Shular  ichida  turli  diniy-
magik marosimlar o‘tkazishda bo‘yoqlar qorishtirish uchun foydalanilgan yassi, 
yupqa, kul rang, yashil, qora tosh-shifer plitalar alohida o‘rin egallaydi.  
Rassomlikda yangi mavzular ham keng o‘rinni egallay boshladi. Rassomlar 
har bir obraz xatti-harakatini tabiiy va go‘zal bo‘lishiga e’tibor bera boshladilar. 
Mayda  plastinada  janrli  kompozitsiyalar  yaratish,  odamlarni  harakatda 
ko‘rsatish hollari, oddiy kishilar mehnatini tasvirlash bu davrda keng rivojlandi. 
Qadimgi  Misr  realistik  san’atining  eng  gullagan  davri  yangi  podsholikka 
to‘g‘ri  keldi.  Rassom  va  haykaltaroshlar  zadagonlar  hayotiga  bag‘ishlangan 
serjilo  devoriy  suratlar,  nafis  relef  va  haykaltaroshlik  asarlari  yaratdilar.  Ular 
asrlar  mobaynida  saqlanib  kelayotgan  kanonlardan  chetga  chiqib  hayotiy 
kompozitsiyalar yaratdilar, emotsional tomonlariga e’tibor qaratdilar.  
Amaliy dekorativ san’ati borasida ham misrliklar ajoyib namunalar yaratib 
qoldirdilar. Ganch va toshlardan yasalgan ajoyib ko‘zalar, inkrustatsiya uslubida 
oltin  va  qimmatbaho  toshlardan  ishlangan  bezak  buyumlar,  nodir  daraxt 
yog‘ochidan  yasalib,  oltin  va  fil  suyagi  bilan  bezatilgan  mebellar  qadimgi 
podsholik davridayoq yuksaklikka erishdi. o‘rta va yangi podsholik davrida esa 
u  yanada  nafislanib  bordi.  “Oqib  borayotgan  qiz”  deb  nom  olgan  pardoz 
qoshiqchasi shu o‘rinda diqqatga sazovordir.  
Eramizning  1000  yillaridan  boshlab  Misr  yerlarining  parchalanishi  san’at 
taraqqiyotini  bir  muncha  susaytirdi.  Misr  ijtimoiy  hayotidagi  jonlanish 
eramizdan  avvalgi  VII  asrlarda  boshlandi.  Lekin  bu  uzoqqa  cho‘zilmadi. 
Eramizdan  avvalgi  VI  asrlarda  eronliklar,  so‘ngra  er.av.  IV  asrda  Aleksandr 
Makedonskiy  tomonidan  Misr  yerlarining  bosib  olinishi  uning  o‘ziga  xos 
san’atida  asta-sekin  so‘nish  va  Ellin  dunyosi  san’ati  bilan  qo‘shilib  ketishiga 
sabab bo‘ldi.  
Misr  san’ati  umumjahon  san’ati  taraqqiyoti  jarayonida  alohida  o‘ziga  xos 
qaytarilmas  o‘rinni  egallaydi.  Qadimgi  Misrning  yuksak  did  va  aql  zakovat, 
bilim bajarilgan nodir san’at namunalari esa insoniyat badiiy maktabining ajoyib 
durdonasi  hisoblanadi.  Bu  namunalar  o‘zidan  keyingi  jahon  san’ati  taraqqiyoti 
uchun  taqlid  maktabini  o‘tadi.  Gretsiya,  Rim  xalqlari  bu  san’atdan  bahramand 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə