Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
11 
 
MAVZU: QADIMGI MISR VA MESSOPATAMIYA SAN’ATI. 
 
REJA: 
1.
 
Qadimgi  Sharq  xalqlari  va  davlatlari  san’atining  o‘ziga  xos 
xususiyatlari. 
2.
 
Qadimgi Misr san’ati va madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari. 
3.
 
Old  Osiyo  san’ati.  Old  Osiyodagi  qadimgi  davrlardagi  halqlar  va 
davlatlar. Ossuriya san’ati. Yangi Bobil podsholigi san’ati.  
 
Qadimgi dunyo san’ati. 
Qadimgi  dunyo  san’ati  tarixi  yer  yuzida  quldorlik  tuzumining  paydo 
bo‘lishi,  rivojlanishi  va  inqirozga  yuz  tutishi  davridagi  san’atni  o‘rganadi  va 
tahlil qiladi. 
Quldorlik  tuzumining  maydonga  kelishi  tarixiy  zarurat  bo‘lib,  avvalgi 
tuzumiga  nisbatan  progressiv  ahamiyatga  ega  edi.  U  ishlab  chiqarish  kuch  va 
madaniyatining keyingi taraqqiyotini belgiladi.  
Bu  esa,  o‘z  navbatida  inson  ma’naviy  dunyosining  rivojlanishiga, 
jumladan, 
san’atning  ravnaqiga  zamin  yaratdi.  Ijtimoiy  hayotning 
murakkablashishi  san’atni  obrazli  bilish  asosida  kengaytirdi.  Bu  davrda  san’at 
taraqqiyoti  bevosita  din,  mifologik  tushunchalar  zamirida  rivojlanishini  davom 
ettirgan bo‘lsa ham, lekin birmuncha tantanali ruh ola boshladi. 
San’atda voqelikni obrazli bilish tomonlari kuchaydi. Uning tur va janrlari 
kengaydi. Bu davrda san’atda sintez masalasining hal etilishi esa insoniyatning 
qo‘lga kiritgan buyuk yutuqlaridan bo‘ldi. Qadimgi dunyo san’atining yana bir 
muhim  tomoni  shu  bo‘ldiki,  unda  milliy  o‘ziga  xos  tomonlar  yaqqol  ko‘zga 
tashlana  bordi.  Katta-katta  madaniyat  markazlari  vujudga  keldi.  Ularning 
san’atlari  bir-biridan  ko‘rinishi,  xarakteri,  voqeligini  obrazli  ifoda  etishi  bilan 
ajralib turadi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə