Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 

 
Mezolit  yoki  o‘rta  tosh  asrida  odamlar  katta  bo‘lmagan  to‘daga  ajralgan 
holda yashay boshlashlari ularga bir joydan ikkinchi joyga erkin ko‘chib o‘tish, 
katta  yer  maydonlaridan  foydalanish  imkoniyatini  berdi.  Qurollarning  (mehnat 
va  ov  qurollari)  ixcham,  qulay  bo‘lishiga  e’tibor  kuchaydi.  o‘q,  kamon-yoy, 
qayiqlarning  ixtiro  qilinishi  ibtidoiy  jamoa  kishisining  hayoti  yanada 
yaxshilanishini  ta’minladi.  Odamlar  yog‘och,  qamishdan  foydalanib,  o‘zlariga 
kerakli buyumlar yasay boshladilar. 
Sharqiy  Ispaniya,  Kavkaz,  O‘rta  Osiyodan  topilgan  suratlar  diqqatga 
sazovordir.  “Kiyiklarni  ovlash”  (Ispaniya)  suratlarida  obrazlar  shartli  (kamon 
otayotgan  ovchilarda  bu  shartlilik  yaqqol  seziladi),  sxematik,  o‘ta 
soddalashtirilgan  holda  tasvirlangan.  Lekin  bu  shartlilik  rassom  aytmoqchi 
bo‘lgan  fikrni  tushunishga  halaqit  bermaydi.  Ov  manzarasidagi  holat  - 
kiyiklarning jon talvasada qochishi, ovchilarning epchillik bilan olib borayotgan 
hujumlari,  ov  paytidagi  shijoat,  hayajon  ibtidoiy  jamoa  rassomi  tomonidan 
ifodali  talqin  etilgan.  O‘rta  Osiyo  (Surxondaryo,  Farg‘ona),  Ozarbayjon 
(Kobiston)dan  topilgan  suratlarda  ham  shu  holni  ko‘ramiz.  Zaravutsoy 
(Surxondaryo),  Seymalitosh  (Farg‘ona)  suratlari  mashhurdir.  Bu  suratlarda 
ovchilarning  hayvonlarga  hujumi  aks  ettirilgan.  Zaravutsoydagi  niqob  kiyib, 
o‘ljasiga  yaqinlashayotgan  ovchilarni  aks  ettirgan  surat  o‘tmish  hayotining 
ma’naviy  dunyosini  bilishga  xizmat  qiladi.  Kulolchilik  va  boshqa  buyumlarni 
naqsh bilan bezash keng tus oldi. Parallel, spiralsimon va to‘lqinsimon chiziqlar, 
konsentrik  aylanalar  shu  davrdagi  ko‘pgina  naqshlarning  asosini  tashqil  etadi. 
Geometrik  naqshlar  asta-sekin  sxematik  odam,  hayvon  va  o‘simliklar 
dunyosidan  olingin  shakllar  bilan  boyitilib,  mazmunan  kengayib  bordi.  Uning 
elementlari  koinot  kuchlarining  ramziy  belgilarini  aks  ettira  bordi.  Masalan, 
rozetka-quyosh ramzi, to‘lqinsimon chiziq-harakat, suv ramzi va h.k.  
Bronza  asri  eramizdan  avvalgi  3  ming  yillik  o‘rtalarida  bo‘lib,  odamlar 
misni  qalay,  qo‘rg‘oshin,  ruh  yoki  surma  bilan  eritib,  bronza  tayyorlashni 
o‘rganib oldilar.  
Bronza  qurollar,  yarog‘-aslaha,  zebu  ziynat  yasash  uchun  asosiy  material 
bo‘lib  qoldi.  Yer  yuzida  bronza  asri  boshlandi.  Bronza  asrini  deyarli  hamma 
xalq  va  elatlar  boshidan  kechirdi.  Lekin  bu  asr  ba’zi  xalqlarda  (masalan,  Eron, 
Messopotamiya,  Kavkaz,  O‘rta  Osiyo)  bir  muncha  erta,  eramizdan  avvalgi  3 
minginchi yillar o‘rtalarida boshlangan bo‘lsa, boshqa yerlarda (masalan, Kichik 
Osiyo,  Suriya,  Falastin,  Kipr  va  Qrimda)  eramizdan  avvalgi  3  va  2  minginchi 
yillar  chegarasida,  Misr,  Xitoy,  Hindiston,  Yevropada  eramizdan  avvalgi  2 
minginchi  yillarda  sodir  bo‘ldi.  Bronzaning  ixtiro  etilishi  inson  tafakkurining 
muhim  g‘alabasi  edi.  Bu  ixtiro  ijtimoiy  hayot  taraqqiyotini  yanada  tezlashtirdi, 
ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlantirdi,  mehnat  unumdorligini  oshirib, 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə