Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
14 
 
bo‘lib, uni har tomonlama o‘rgandilar, davrga mos asarlar yaratish imkoniyatiga 
ega bo‘ldilar. 
Dajla  va  Yefrot  daryolari  vohasida,  O‘rta  yer  dengizi  havzasining  sharqiy 
sohillari  hamda  kichik  Osiyoning  markaziy  tog‘lik  rayonlari  hududida 
eramizdan avvalgi Urartu, Bobil kabi davlatlar mavjud bo‘lib, ular jahon san’ati 
tarixiga  o‘z  hissalarini  qo‘shishgan.  Bu  davlatlarning  so‘nggisi  Bobil 
(Vaviloniya)  eramizdan  avvalgi  539  yili  Eron  tomonidan  tobe  qilib  olinadi  va 
shu bilan Old Osiyoning qadimiy tarixi tugallanadi. 
Old  Osiyoning  badiiy-tarixiy  yodgorliklari  Misr  san’ati  singari  keng  va 
rang-barang.  Bu  yerda  hashamatli  saroy  va  ibodatxonalar  qurildi.  Dumaloq 
haykaltaroshlik  va  relefda  ajoyib  o‘rta  dinamik,  plastik  go‘zal  asarlar  yaratildi, 
devoriy  suratlar,  nozik  amaliy-dekorativ  buyumlar  ishlandi.  Lekin  bu 
yodgorliklar  bizgacha  kam  yetib  kelgan.  Bunga  sabab  Old  Osiyoning  asosiy 
qismini tashqil qilgan Ikki daryo oralig‘i (Messopotamiya) bir-birini almashtirib 
turgan  yangi-yangi  davlatlar  o‘rtasida  mamlakatga  hukmronlik  qilish  uchun 
doimiy  kurash  borgan  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan,  me’morlik  va  tasviriy 
san’atning  turlarini  rivojlantirish  uchun  tosh,  yog‘och  va  metallardan  yetarli 
bo‘lmaganidan  deyish  mumkin.  Saqlanib  qolgan  yodgorliklar,  ularning 
qoldiqlari  Old  Osiyoda  eramizdan  avvalgi  4000-3000  yillardayoq  bu  yerda 
o‘ziga  xos  san’at  paydo  bo‘lganligi  va  rivojlanganligidan  dalolat  beradi.  Shu 
yerda  yozuv  paydo  bo‘ldi,  me’morchilik  turlari  yuzaga  keldi,  hunarmandchilik 
rivoj topdi.  
Old  Osiyo  san’atida  ham  monumental  me’morchilik  yetakchi  o‘rinni 
egallagan, san’atning boshqa turlari u bilan bog‘liq holda rivojlangan. 
Old  Osiyoning  qadimgi  davrga  xos  bo‘lgan  tasviriy  san’at  xususiyatlari 
Shumer  va  Akkad  davlatlarida  (er.av.  4000  yillik  oxiri)  ko‘rinadi.  Bu  yerning 
haykaltaroshligi  va  mayda  plastikasi  misrliklar  haykaltaroshligiga  nisbatan  bir 
muncha sodda bo‘lsa ham, lekin o‘zining ifodali ishlanganligi bilan esda yaxshi 
qoladi.  Releflarda  esa  tarixiy  voqealar,  jang  yurishlari  ishlangan.  Bu  yerda 
dumaloq  haykaltaroshlik  va  gliptika  keng  tarqalgan.  Haykallar  ko‘p  hollarda 
yorqin  bo‘yoq  bilan  bo‘yalgan  bo‘lib,  inkrustatsiya  uslubida  ishlangan 
haykallarni 
eslatadi. 
Monumental 
haykaltaroshlik 
asarlarida 
har 
bir 
tasvirlanuvchining  individual  xususiyatlarini  ochib  berishga,  ichki  dunyosini 
yaratishga  intilish  seziladi.  Ur  shahridagi  topilma  ayol  boshi  haykali,  Lagash 
hokimi Gudea haykalida shu xislatlarni sezish mumkin.  
“Naramsin stellasi” (er.av. 2300 yillar) davrining mashhur asarlaridandir. U 
podsho Naramsinning tog‘li qabilalar ustidan erishgan qalabasiga bag‘ishlanadi. 
Bir  to‘da  jangchilarga  bosh  bo‘lib  ketayotgan  Naramsin  va  jangchilar  harakati 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə