Tayanch tushunchalar.
Riton
- hayvonlar shoxi yoki fil suyagidan yasalgan uzun konussimon, uch
tomoni qayrilib boruvchi idish.
Roza
- dumaloq deraza.
Tampan - peshtoq. Oyna, eshik tepasida qoldirilgan yarim ark ichidagi yuza.
Forum
- shaharning markaziy maydoni.
Freska
- suvoq qilingan devor ustiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlangan, monumental
rangtasvirning bir turi.
ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
16
Syujet
(frans. - predmet, narsa). Tasviriy san’atda - tasvirlangan predmet yoki
voqea tushuniladi.
Haykaltaroshlik
- tasviriy san’atning turlaridan biri.
Savollar:
1. Old Osiyo san’ati haqida so‘zlang.
2. Old Osiyo san’atida me’morchilikning o‘rni.
3. «Osma bog‘lar» haqida so‘zlang.
4. Qadimgi Misrda san’atning rivojlanishi.
5. Qadimgi Misrda me’morchilik.
6. Qadimgi Misrda tasviriy san’at.
7. Qadimgi Sharqda quldorlik davlatlari haqida so‘zlang.
8. Qadimgi Sharqda san’atning rivojlanishi.
|