Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
15 
 
tabiiy  chiqqan,  tog‘  manzarasi,  tabiat  ko‘rinishi  ham  relef  kompozitsiyasi 
hayotiyligini oshiradi.  
Eramizdan  avvalgi  I  yillikda  Ossuriya  yirik  quldorlik  davlatiga  aylandi. 
Eramizdan  avvalgi  VII  asrga  kelib,  u  butun  Old  Osiyoni  o‘ziga  bo‘ysindirib 
oldi, yagona davlat tashqil etdi.  
Shu davrda hashamatli saroy, ibodatxonalar vujudga keldi, suronli janglar, 
ov manzaralarini ifodalovchi hayajonli bo‘rtma tasvirlar yaratildi.  
Dur-Sharruken  (hozirgi  Xorsabod)dagi  Sargon  II  saroyi  xarobalari  (er.av. 
VIII asrning ikkinchi yarmi) shu davr monumental me’morchiligining xarakterli 
tomonini  ko‘rsatishda  muhim  o‘rin  tutadi.  Bu  saroy  balandligi  14  m.  sun’iy 
tepalikka  qurilgan  bo‘lib,  u  qalin  devor  bilan  o‘ralgan.  Saroy  mehmonxonasi, 
yotoqxona  va  diniy  marosimlarga  mo‘ljallangan  xonalardan  iborat  bo‘lib,  ular 
alohida ochiq hovli atrofida joylashtirishgan. Saroyga kiraverish darvozalarining 
ikki  yon tomoniga  esa  qanotli,  odam  boshli qo‘tos o‘rnatilgan. U  haykal  tabiiy 
kuchlar  ramzi  bo‘lib,  podshoni  “yomon  ko‘zdan”  asrash  uchun  xizmat  qilgan. 
Saroy xonalari devoriy surat va bo‘rtma tasvirlar bilan bezatilgan. Bu tasvirlarda 
podshoning harbiy yurishlari va afsonaviy qahramon Gilgamish qahramonliklari 
ifodalanadi.  
Eramizdan  avvalgi  VII  asr  oxiriga  kelib,  Bobil  yangi  rivojlanish  davrini 
boshidan  kechira  boshladi.  Navuxodonosor  II  (er.av.  605-565  yillar)  podsholik 
qilgan  yillar  Bobilda  shahar  qurilishi  ishlari  avj  oldirib  yuborildi,  shahar 
qurilishi reja asosida tiklanib, yangi binolar qurildi, atrofi qalin devor bilan o‘rab 
chiqildi.  Shaharning  sakkiz  darvozasi  bo‘lib,  ular  ichida  Ishtor  darvozasi 
o‘zining  ko‘rkam,  serhashamatligi  bilan  ajralib  turardi.  Shu  darvozadan 
shaharning bosh ibodatxonasiga boradigan yo‘l boshlanar edi. Bosh ibodatxona 
yonida esa 90 metrlik katta Bobil minorasi qurilgan edi. Navuxodonosor II ham 
serhasham, bezakka boy bo‘lib, “osma bog‘lar” qo‘ynida ertaknoma ko‘rinishni 
kashf etgan edi. Bobil san’ati uzoqqa cho‘zilmadi. U eramizdan avvalgi 539 yili 
Eron qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Shu bilan Old Osiyo xalqlari qadimiy 
san’ati tarixi umri tugadi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə