Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
18 
 
qo‘llanildi. Ular Eron me’morlik yodgorliklariga o‘ziga xos qaytarilmas joziba 
kiritdi.  
Ahmoniylar  davrida  vujudga  kelgan  san’at  o‘rta  Sharq  halqlari  tarixida 
muhim  o‘rin  egallaydi.  Bu  san’at  bevosita  o‘rta  Sharqda  yashagan  xalqlarning 
yangi  o‘zaro  munosabati  natijasida,  atrofdagi  xalqlar  san’ati  ta’sirida  ravnaq 
topdi.  Jumladan,  Persepol  va  Suza  saroylarini  qurishda  So‘g‘d,  Baqtriya  va 
Xorazmdan  kelgan  usta  va  san’atkorlar  mehnat  qilganliklari  haqidagi 
ma’lumotlar  mavjudligi  shundan  dalolat  beradi.  Shu  bilan  birga,  Ahmoniylar 
davri  san’ati  atrofidagi  mamlakatlar  san’atiga,  jumladan  O‘rta  Osiyo  san’ati 
taraqqiyotiga ham o‘zining sezilarli ta’sirini o‘tkazgan.  
Eramizdan  avvalgi  I  minginchi  yillarda  O‘rta  Osiyoda  dastlabki  ibtidoiy 
davlatlar  shakllana  bordi.  Zardushtiylik  (er.av.  VII  asr)  dini  yoyildi.  Uning 
muqaddas kitobi “Avesto” esa shu din qarashlarini targ‘ib etadi. Qadimgi O‘rta 
Osiyo  san’ati  va  madaniyatini  o‘rganishda  bizgacha  saqlanib  kelgan  qal’a, 
saroy,  turar  joy  va  qabrlar  bilan  birga  zardushtiylar  dini  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
ossuariylar  (astadonlar)  deb  ataluvchi  odamlar  suyagini  saqlash  uchun 
mo‘ljallangan  sopoldan  yasalgan  idishlar muhim  daliliy  material  bo‘lib  xizmat 
qiladi.  
Eramizdan  avvalgi  VI-IV  asrlarda  O‘rta  Osiyodagi  badiiy  hayot  va 
madaniyatni  tushunishda  Amudaryoning  yuqori  oqimi  tomonidan  topilgan 
“Amudaryo  boyligi”  (Oks  boyligi)  muhim  o‘rinni  egallaydi.  Hozirgi  kunda 
Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu yodgorliklar ichida haykallar, 
turli  ko‘za,  bilaguzuk,  uzuk,  muhr,  tanganlar,  oltindan  yasalgan  aravacha  va 
qurollar  diqqatga  sazovordir.  Bu  buyumlarda  uchraydigan  tasvirlar  birmuncha 
shartli  bo‘lsa  ham,  lekin  nihoyatda  ifodali  ishlanganligi  bilan  ajralib  turadi, 
detallari ochiq va tugal ishlanishi bilan xarakterlanadi. “Jangchi - sak” bo‘rtma 
tasvirida shu fazilatlar mujassamlangan. 
Markaziy  Qozog‘iston  qabrlaridan  uch  oyoqqa  o‘rnatilgan  bronzadan 
yasalgan  qozonlar  topilgan.  Eramizdan  avvalgi  VI-IV  asrlarda  ishlangan  bu 
qozonlarning  tepa  qismi  hayvonlar  tasviri  -  ko‘proq  tog‘  echkisi  haykali  bilan 
bezatilgan.  Markaziy  Qozog‘iston  yerlaridan  topilgan  taqinchoqlardan  topilgan 
taqinchoqlarda  yovvoyi  qush,  kiyik  va  echki  tasvirlari  uchraydi.  Bu  tasvirlarda 
hayvon  va  qushlarning  eng  xarakterli  belgilari  harakat  paytida  ko‘rsatiladi. 
Aksincha,  hajmli  dumaloq  hayvonlarda  (asosan  ular  amaliy  san’at 
buyumlarining  ajralmas  qismi  bo‘lgan)  hayvonlar  harakati  og‘ir  va  vazmin 
bo‘lib, ular ko‘p hollarda soat strelkasi harakatida ko‘rsatiladi.  
Makedoniyalik  Iskandar  Zulqarnayn  eramizdan  avvalgi  IV  asrlarda 
Ahmoniylar  davlatini  tor-mor  etib,  O‘rta  Osiyo  yerlarining  ko‘pgina  qismini 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə