Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
20 
 
davlati  tashqil  etildi.  Bu  davlatga  O‘rta  Osiyo  hukmdori  Kutzula  Katfiz 
boshchilik  qildi.  Uning  o‘g‘li  Katfiz  II  esa  bu  davlat  maydonini  Hindiston 
chegaralariga  qadar  yetkazdi.  Kanishka  podsholik  qilgan  yillarda  esa  Kushon 
davlati  o‘zining  gullagan  davrini  boshdan  kechirdi.  Kushonlar  davrida  O‘rta 
Osiyoda  buddizm  dini  keng  tarqaldi.  Kushon  hukmdorlari  o‘z  saltanatlarini 
mustahkamlash uchun bu dindan foydalandilar. Uni omma orasiga singdirishga 
harakat  qildilar.  Hukmdorlarning  bu  intilishi  shu  davr  san’at  va  madaniyatida 
ham  o‘z  ifodasini  topdi.  Buddizm  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ibodatxonalar  vujudga 
keldi, haykallar yaratildi, devoriy suratlar ishlandi. 
Kushonlar  davrida  ijtimoiy  hayotda  sodir  bo‘lgan  o‘zgarishlar  bizgacha 
yetib kelgan tangalarda namoyon bo‘ladi. Bu tanga yuzalariga podsholar portreti 
zarblangan,  orqa  tomoniga  hudolar  tasviri  tushurilgan.  Yozuvlar  esa  Kushon 
Baqtriya  tilida,  yozish  uchun  kushon  harflari  (grek  alf.  asosida  yaratilgan) 
ishlatilgan.  Kushon  davri  san’atini  bilishda  Xolchayonda  (Surxondaryo  tum.) 
saqlanib  qolgan  bino  qoldiqlari  hamda  tasviriy  san’at  va  va  amaliy  san’at 
namunalari muhim o‘rinni egallaydi.  
Xolchayondagi binoni  bezashda  haykallar keng qo‘llanilgan.  Bu  haykallar 
xonalar devorining yuqori qismiga barelef va galeref uslubida bajarilgan. Unda 
podsho va uning yaqinlari, shuningdek otliqlar tasviri ishlangan. Bu haykallarda 
Grek-Baqtriya  san’atiga  xos  xususiyat  -  har  bir  tasvirlanuvchining  o‘ziga  xos 
individual xislatlarini ko‘rsatishga, kiyimlari, qurollari aniq tasvirlashga intilish 
seziladi.  No’malum  haykaltarosh  tasvirlanuvchining  soch  tarashi,  kiyim  boshi, 
xarakterining ham aniq bo‘lishiga, psixologik holatini ifodashga intiladi.  
Ayritomda  (Termez  yaqinida)  topilgan  toshdan  ishlangan  releflar  va 
so‘nggi  Kushon  davlati  me’morligining  xarobalari  bu  yerda  buddizm  keng 
yoyila  boshlaganligini  ko‘rsatadi.  Ayritomdan  topilgan  toshdan  ishlangan 
releflar  ibodatxonaga  kiraverish  tomonga  karniz  tarzida  ishlangan  bo‘lgan.  Bu 
karnizlarda  akanf  barglari  orasida  yarim  beligacha  tasvirlangan  qo‘shnay, 
nog‘ora  (baraban),  lyutna  (Qijjakka  o‘xshash  musiqa  asbobi)  va  arfa 
chalayotgan sozandalar tasvirlangan. 
O‘rta  Osiyoda  buddizmning  tarqalishi  bevosita  haykaltaroshlikda  ham 
ifodalangan. 
Budda 
va 
boshqa 
diniy 
personajlarning 
haykallari 
ibodatxonalarning  oldi  va  ichkari  qismidan  o‘z  o‘rnini  egalladi.  Bu 
haykallarning 
ishlanish 
prinsiplari 
Hindistonda 
yaratilgan 
kanonlarga 
asoslangan. 
Dalvarzintepa 
va 
Qoratepadagi 
(Surxondaryo 
tum.) 
buddizm 
ibodatxonalaridan  topilgan  ganch  haykallar  ham  yuqorida  ko‘rilgan 
xususiyatlarga ega. Bu haykallar natural kattalikda ishlangan va real xarakterga 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə