Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   173
jahon sanati tarixi

 
Tayanch tushunchalar. 
Peripter
  -  hamma  tomondan  ustunlar  bilan  o‘ralgan  aylana  yoki 
to‘rtburchak shaklidagi antik ibodatxona. 
 
Savollar: 
1. Qadimgi Eronning yaqin Sharq xalqlari san’ati va madaniyatidagi o‘rni. 
2. Ahmoniylar davri san’atida me’morchilikning tutgan o‘rni.  
3. Qo‘yqirilgan qal’a haqida so‘zlang. 
 


ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
22 
 
MAVZU: QADIMGI HINDISTON VA XITOY XALQLARI SAN’ATI. 
 
REJA: 
1.
 
Qadimiy  Hindiston  san’ati  va  madaniyatiga  xos  bo‘lgan 
xususiyatlar. 
2.
 
Qadim Xitoy san’ati. 
 
Qadimiy Hindiston san’ati va madaniyatiga xos bo‘lgan xususiyatlar. 
Hindistonning  shimoliy  g‘arbidagi  Hind  daryosi  havzasi  Moxenjo-Doro 
(Sind  viloyati)  va  Xarappadan  topilgan  qadimgi  shahar  qoldiqlari,  madaniyat 
yodgorliklari  eramizdan  avvalgi  3-2  minginchi  yillardayoq  Hind  san’ati  o‘ziga 
xos  yorqin  va  jozibador,  fantaziyaga  boy  san’at  bo‘lganligini  tasdiqlaydi  va 
mifologiya  asosida  qimmatli  san’at  namunalari  yaratilganligini  anglash 
imkoniyatini beradi. 
Eramizgacha bo‘lgan davrdan bir necha asr oldinroq, bu yerda matematika, 
tilshunoslik,  falsafa,  tibbiyot  ravnaq  topgan,  hunarmandchilik  rivojlangan, 
yozuv  paydo  bo‘lgan.  Me’morchilik,  haykaltaroshlik  va  rassomlik  san’ati  bir-
biri  bilan  uyg‘unlashgan  holda  rivoj  topgan.  Eramizdan  avvalgi  bir  minginchi 
yillarning  ikkinchi  yarmida  bu  yerda  dastlabki  davlat  paydo  bo‘lgan.  Adabiy 
manbalarga  ko‘ra  shu  davlatlarda  ajoyib,  hashamatli  yog‘och  me’morchiligi 
ravnaq topgan. Bu yerda paydo bo‘lgan buddizmning Osiyoga tarqalganligi ham 
shundan dalolat beradi.  
Hindiston san’ati ham qator bosqichlarni bosib o‘tgan, goh grek san’atining 
ta’sirida  bo‘lgan.  Lekin  shunga  qaramay  uning  san’atida  o‘ziga  xoslik  mavjud 
bo‘lib, u asosan xalq san’ati, ayniqsa, hunarmandchilik ta’sirida bo‘lgan. 
Hindiston  Shumer,  Akkad  va  Messopotamiyaning  boshqa  davlatlari, 
shuningdek  Misr  bilan  yaqin  aloqada  bo‘lgan,  ular  orasida  savdo-sotiq 
rivojlangan. 
Qadimgi Hindiston san’atining gullagan davri Maurya sulolasi (er.av. 322-
185  yillar)  ayniqsa,  Ashoka  imperatorligi  davri  (er.av.  272-232  yillar)da  sodir 
bo‘ldi. Ashoka hukmronlik qilgan davrda buddizm keng yoyildi. Bu din dastlab 
Hindistonga,  keyinroq  Sharqning  qator  davlatlariga  tarqalgan.  Buddizmning 
tarqalishi  u  bilan  bog‘liq  ibodatxonalar  qurilishiga,  tasviriy  san’at 
namunalarining  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Buddaga  bag‘ishlangan 
me’morchilik  kompozitsiyalarida  Qadimgi  Hind  me’morchiligidagi  mavjud 
an’analar, xalq mifologiyalari, Budda hayoti va faoliyati bilan qo‘shilib ketgan 
afsonalar o‘z ifodasini topdi.  
Buddizmning  muhim  yodgorliklaridan  yana  biri  ustunlardir.  Ular  yaxshi 
pardozlangan  yaxlit  toshdan  ishlangan  bo‘lib,  Budda  ta’limotini  targ‘ib  etishda 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə