Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173
jahon sanati tarixi

Qadimgi Xitoy san’ati. 
Eramizdan avvalgi 4-3 minginchi yillarda Xitoyda loydan ishlangan odam 
haykallari,  odam  boshini  eslatuvchi  ko‘zalar,  toshdan  ishlangan  turli  badiiy 
buyum va haykallar uchraydi. Bular qadimgi Xitoy madaniyatining boy va rang-
barang bo‘lganligidan dalolat beradi.  
Eramizdan avvalgi 2 minginchi yillarda Xuanxe daryosi vohasida Xitoyda 
birinchi  bor  davlat  paydo  bo‘ldi.  Bu  davlatni  Shan  dinastiyasi  boshqardi. 
Quldorlik jamiyati shakllanib, rivojlanib bordi. Birinchi shaharlar yuzaga keldi. 
Ular  aniq  rejalashtirish  asosida  qurildi.  Dehqonchilik,  hunarmandchilik 
rivojlandi. Savdo-sotiq ishlari jonlandi. Shan davridan bizgacha saqlanib kelgan 
yodgorlik An’yan rayonidan topilgan katta shahar qoldiqlari hisoblanadi.  
Qadimgi  Xitoyning  muhim  yodgorligi  Buyuk  Xitoy  devoridir.  Eramizdan 
avalgi  IV-III  asrlarda  qurila  boshlagan  bu  devor  dastlabki  paytda  Xitoyning 
shimoliy  chegaralarini  ko‘chmanchi  qabilalardan  saqlash  uchun  xizmat  qilgan 
va  750  km.ni  tashqin  etgan.  Devor  tepasida  yo‘l  mavjud  bo‘lib,  har  100  m.da 
katta  minoralar  ishlangan.  Buyuk  Xitoy  devori  kishilarning  kuch-shijoati  va 
katta  irodasini  aks  ettiruvchi,  o‘z  xarakteri  jihatidan  Misr  ehromlari  bilan 
tenglashuvchi  va  odamlar  birlashsa,  buyuk  mo‘’jizalar  yarata  olishini 
ko‘rsatuvchi yodgorlik tarzida hamon kishini hayratlantiradi. 
Qadimgi  Xitoy  san’ati  va  madaniyatining  eng  rivojlangan  bosqichi 
eramizdan  avvalgi  III  asrdan  eramizning  III  asrigacha  bo‘lgan  davrga  to‘g‘ri 
keladi.  Bu  davrda  mamlakat  yagona  markazlashgan  yirik  davlatga  aylandi.  Sin 
(er.av.  221-206  yillar)  va  Xan  (er.av.206  -  yangi  eraning  220  yili)  sulolasi 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə