Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   173
jahon sanati tarixi

ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 
26 
 
avvalgi  2000  yillarga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  davrda  hashamatli  me’morchilik 
kompozitsiyalari,  podsho  saroylari,  tasviriy  va  amaliy-dekorativ  san’at 
namunalari  yaratilgan.  Shunday  nodir  yodgorliklardan  biri  ingliz  arxeologi 
A.Evans tomonidan Kritdan topilgan Knoss saroyining qoldiqlaridir.  
Knoss  saroyida  ustunlardan  keng  foydalanilgan.  Tosh  tagkursiga 
o‘rnatilgan  yog‘ochdan  ishlangan  ustunlar  Knoss  saroyining  tepa  tomonini 
ko‘tarib  turish  uchun  ishlatilgan.  Bu  ustunlar  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega 
bo‘lib, ular pastga tomon torayib borgan. Saroy devorlariga suratlar ishlangan, 
pollari esa bejirim naqshlar bilan bezatilgan.  
Knoss  saroyida  ayol  tasviri  yaxshi  saqlangan.  Arxeologlar  uni  “Parijlik 
ayol”  deb  nomlaganlar.  U  shaffof  materiallardan  to‘g‘ilgan  libos  kiyib  olgan. 
Ayol  boshi  yon  tomonidan  ishlangan,  ko‘zi  esa  old  tomondan  tasvirlangan. 
Monumental  haykaltaroshlik  belgisi  bu  yerda  uchramaydi.  Lekin  amaliy-
dekorativ  haykaltaroshlik  va  zargarlik  san’ati  borasida  kritliklar  nodir 
yodgorliklar  qoldirganlar.  Ular  toshtaroshlikda  juda  mohir  bo‘lib,  toshdan 
vazalar  ishlaganlar,  nafis  bo‘rtma  tasvirlar  yaratganlar.  Ayniqsa,  turli  dengiz 
hayvonlarining bo‘rtma tasviri diqqatni tortadi.  
Eramizdan  avvalgi  XIV  asrga  kelib,  Krit  madaniyati  inqirozga  yuz  tutdi. 
Endilikda  Egey  madaniyatining  markazi  grek  materigiga  -  Peloponnes  yarim 
oroliga va undagi Mikena, Tirinf manzillariga ko‘chdi. Bolqon yarim orolining 
janubida,  Egey  dengizi  orolarida  va  Kichik  Osiyoning  harbiy  sohillarida 
yashagan  axeyaliklar  bu  yangi  madaniyat  taraqqiyotini  belgiladilar.  Bizgacha 
Mikena va Tirinfdagi baland tepaliklar ustiga qurilgan qal’alar, qo‘rg‘onlar yetib 
kelgan. Ular eramizdan avvalgi XIV-XIII asrlarda qurilgan. Bu qo‘rg‘onlarning 
devorlari  og‘irligi  5-6  tonna  keladigan  toshlardan  qurilgan  bo‘lib,  devorning 
qalinligi  6-10  m.  hatto  undan  ham  ortiq  bo‘lgan.  Masalan,  Tirinf  qo‘rg‘oni 
devorining qalinligi 17,5 m. bo‘lgan. Devor ichi bo‘shliq bo‘lib, u yerda xazina, 
oziq-ovqat, qurol-aslaha saqlangan.  
Tirinfdagi akropol sodda, atrofi qalin devor bilan o‘ralgan bo‘lib, uning uch 
darvozasi bo‘lgan.  
Mikena me’morchiligida darvoza qurilishiga katta e’tibor berilgan. Mikena 
qo‘rg‘onining markaziy darvozasi “Sherlar darvozasi” deb nomlangan. Darvoza 
atrofi  yaxlit  katta  toshlardan  qurilgan.  Tepasiga  ustunlarni  ushlab  turgan  ikki 
sherning  bo‘rtma  tasviri  ishlangan.  Bu  ustun  Mikena  podsholari  qudrati  va 
birligining ramzi bo‘lgan. Tirinf va Mikena saroylarining devorlari ganch bilan 
ishlanib,  devoriy  suratlar  bilan  bezatilgan.  Mikena  rassomlari  ov  manzaralari, 
ayniqsa,  jang  manzaralarini  tasvirlashni  sevishgan.  Tirinf,  Mikena  devoriy 
suratlari  Krit  san’atkorlarining  asarlaridan  badiiy  jihatdan  bo‘shligi, 
figuralarining  bir  muncha  statikligi,  chizilgan  suratlarning  birmuncha  quruqligi 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə