Jarbekov R. B. Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi direktorining



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix26.10.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#132007
1   2   3   4   5   6
huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyat-shakllari-rivojlanish-bosqichlari

ASOSIY QISM 
Yurtimizda huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618- 
sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini
tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi. Aholining huquqiy 
ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada 
takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun 
ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, 
shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish 
boʻyicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida: 
1. Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilandi: 
aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni 
va 
mohiyatini 
izchil 
yetkazish 
tizimini 
shakllantirish, 
fuqarolar 
ongida 
“Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik 


"Экономика и социум" №6(97)-1 2022 www.iupr.ru
 
101 
huquqiy 
davlat 
qurishning 
garovidir!”
degan 
hayotiy 
gʻoyani 
mustahkamlash; 
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng 
avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida 
eʻtibor qaratish, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha 
qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, 
shaxsiy 
manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash 
gʻoyalarini
keng targʻib qilish; 
yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini 
hamda 
odob-axloq 
normalarini 
chuqur 
singdirib 
borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish; 
aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-
ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini oʻrgatish bilan 
uygʻun holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan 
faxrlanish tuygʻularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik
vatanparvarlik hissini kuchaytirish; 
davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan 
murosasizlik munosabatini shakllantirish; 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli 
huquqiy targʻibotni amalga oshirish borasidagi oʻzaro hamkorligini 
mustahkamlash; 
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni 
tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni 
tizimli asosda yoʻlga qoʻyish; 
ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi 
rolini oshirish, huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, 
shu jumladan, veb-texnologiyalarni qoʻllashni kengaytirish; 
yuridik ta’limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini 
rivojlantirish; 
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy 
asoslarini chuqur tadqiq etish. 
2. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə