Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/42
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#144876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Java 2se dasturlash tili

1-bosqich.
Dasturchi dastur birlamchi kodini tuzib 
Hello.java
fayliga saqlaydi. Birlamchi 
kodni odatda biron-bir sodda matn muharriri yordamida kiritiladi, masalan Windo ws operatsion 
tizimining 
Блокнот
dasturi. 


2-bosqich.
Hello.java
faylini 
javac
Java kompilyatori yordamida bayt-kodga o’giriladi. 
3-bosqich.
Hello.class
bayt-kodni interpretator, Java virtual mashinasi yordamida ishga 
tushirish. 
c:\>java Hello 
Hello World! 
 
Javaning qisqacha tarixi 
Java dasturlash tilining trarixi 1991 yilga boradi. Sun Microsystems kompaniyasining 
muhandislari, Patrick Naughton va James Gosling, kabel televideniyasi qurilmalarida ishlatish 
uchun kichik dasturlash tilini yaratmoqchi qo’lishadi. Ushbu qurilmalarning hisoblash quvvati va 
xotirasi kichik bo’lgani uchun ularga mo’ljallangan dastur ihcham bo’lishi kerak bo’lgan. 
Bundan tashqari turli ishlab-chiqaruvchilarning qurilmalari har-xil protsessor ishlatishi mumkin 
bo’lganligi uchun dasturlash tili bir qurilma arxitekturasiga bog’liq bo’lib qolmasligi ham kerak 
edi. Proyekt “Green” deb nom oldi. 
Paskal dasturlash tilining asoschisi Niklaus Wirth birinchi bor portativ dasturlash tilini 
yaratish g’oyasi bilan chiqqan. Ushbu dasturlash tilida abstrakt mashina (ko’p xollarda bular 
virtual mashina deb ataladi) uchun dastur kodi generatsiya qilinib, keyin esa ushbu dastur kodi 
o’ziga mos interpretatori mavjud barcha mashinada ishlatilishi mumkin edi. “Green” proyekt 
muhandislari yaratayotgan dasturlash tilida virtual mashina va Paskal dasturlash tilidan farqli 
o’laroq obyektlarga ihtisoslashish printsiplarini qo’llab yangidasturlash tilini yaratdilar. 
Yaratilgan dasturlash tili Java deb nomlandi. 
1996 yilda Sun kompaniyasi Java dasturlash tilining birinchi versiyasini chiqardi. Java 1.0 
versiyasi imkoniyatlari unchalik ko’p bo’lmasada, 1998 yilda keyingi Java 1.2 versiyasida 
oldingi kamchiliklar to’ldirilib qo’shimcha imkoniyatlar qo’shildi. Ushbu versiyadan boshlab 
Java dasturlash tillari qatorida barqarorlashdi va rasman Java 2 deya nomlana boshlandi. Java 1.3 
va 1.4 versiyalarida muhim o’zgarishlar bo’lmasada Java 2 imkoniyatlari yaxshilandi va standart 
kutubxona kengaytirildi. 2004 yilda e’lon qilingan Java 1.5 versiyasida dasturlash tiliga ko’pgina 
kontseptual o’zgarishlar qo’shildi va rasman Java 5.0 deb nomlandi. Bundan tashqari Java 
dasturlash tilining shaxsiy kompyuterlar uchun “Standart versiyasi”, mobil va kichik qurilmalar 
c:\>javac Hello.java 
public class Hello { 
public static void main(String[] args) 

System.out.println(“Hello World!”); 


Hello.java 
Hello.class 


uchun “Mikro versiyasi” va serverlar uchun “Korporativ versiyasi” taqdim etildi. Ushbu 
qo’llanmada Java dasturlash tilining Standart versiyasi yoritilgan. 
Har keyingi versiyasidan Java dasturlash tilining standart kutubxonasi kengayib bordi. 
Quyidagi jadvalda ushbu o’zgarishlar ko’rsatilgan: 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə