Java 2se dasturlash tili


Versiya  Klass va interfeyslar soni



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/42
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#144876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Java 2se dasturlash tili

Versiya 
Klass va interfeyslar soni 
1.0 
211 
1.1 
477 
1.2 
1524 
1.3 
1840 
1.4 
2723 
1.5 
3270 
Java standart kutubxonasining kengayishi 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Algoritm deganda nima tushuniladi? 
2.
Algoritmlar qanday talablarga javob berishi kerak? 
3.
Algoritmlarni ifodalash usullari haqida gapirib bering? 
4.
Java dasturlash tili qanday xususiyatlarga ega? 
5.
Birlamchi kod va bayt kod orasidagi farq nimada? 
6.
Java dasturlash tilining tarixi haqida gapirib bering. 


JAVA DASTURLASH MUHITI 
Java Dasturlash Vositasini o’rnatish 
Javada dasturlash uchun avval Java Dasturlash Vositasini kompyuterga o’rnatish kerak 
bo’ladi. Xozirgi paytda eng to’liq va oxirgi versiyalari Solaris, Linux va Windows operatsion 
tizimlari uchun mavjud. Java Dasturlash Vositasini kerakli operatsion tizim uchun 
http://java.sun.com
 manzili orqali tortib olish mumkin. Ushbu qo’llanmada Windows operatsion 
tizimi asosiy platforma sifatida ishlatilgan va qo’llanma yozilishi paytida Javaning so’nggi 
versiyasi 1.6 bo’lgan. 
Tortib olingan Java Dasturlash Vositasini kompyuterga quyidagi papkaga o’rnatamiz: 
C:\Program Files\Java\jdk1.6 
Kommanda satri orqali Java kompilyatori va interpretatoridan foydalanish uchun 
Windowsni muhit o’zgaruvchilarini belgilash kerak bo’ladi. Buning uchun sistema xususiyatlari 
oynasidan shu nomli tugmani tanlash kerak bo’ladi. 
Windows operatsion tizimining xususiyatlar oynasi 
Natijada muhit o’zgaruvchilari oynasi ochiladi. 
Muhit o’zgaruvchilari oynasi 


Ushbu oynada 
Создать
tugmasi orqali quyidagi yangi muhit o’zgaruvchisini kiritib olamiz: 
path
va bizning xolimizda uning qiymatini 
c:\Program Files\Java\jdk1.6\bin\
deb belgilaymiz. 
Yangi muhit o’zgaruvchisini yaratish dialog oynasi 
Qiymatlarni to’g’ri kiritilganligini komanda satridan quyidagi buyruq yordamida tekshirib 
olishimiz mumkin: 
Java versiyasi haqida ma’lumot olish 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə