Javoblar Islom va milliy ma’naviyat. Islom



Yüklə 51,73 Kb.
səhifə3/5
tarix31.12.2021
ölçüsü51,73 Kb.
#82077
1   2   3   4   5
18-bilet

Shialik

Soʻfiylik



Islom dini musulmon mamlakatlari sanʼatida oʻz izini qoldirdi. Meʼmorlik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari (masjid, minora, xonaqoh, Madrasa va boshqa)ning paydo boʻlishiga hamda keng tarqalishiga sabab boʻldi. Islom dini paydo boʻlgan davrda avj olgan butparastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida Muhammad sallollohu alayhi vasallam suratkashlikni qattiq taʼqiqlab qoʻygan edi. Shu asosda Islomning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy sanʼatning bu turini taʼqiqlangan ishlar qatoriga qoʻshganlar. Bundan ular amaliy sanʼat turlari, naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va oʻsimliklar suratini istisno qilishgan. Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiqlanishiga asosiy sabab — paygʻambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sigʻinib ketish xavfining mavjudligi boʻlgan. 15-asrga kelib Alisher Navoiy kabi taraqqiyparvar olim va mutafakkirlar musulmonlar qalbida Allohga boʻlgan imon va eʼtiqod mustahkamlanib, suratparastlikka mutlaqo moyillik qolmaganini eʼtiborga olib, endilikda inson suratini chizishga ruxsat berishlikni lozim deb topganlar. Natijada Behzod, Maxmud Muzahhibga oʻxshash miniatyura sanʼatini rivojlantirgan yetuk musavvirlar yetishib chiqqan, Hirot miniatyura maktabi, Buxoro miniatyura maktabi kabilar rivojlangan. 20-21-asrlarga kelib, Islom dunyosi ulamolarining bu sanʼatga munosabatlariga yana bir karra aniqlik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sigʻinishi maqsadida inson rasmini chizish mumkin emasligi eʼtirof etildi. Ammo, fotosuratlar, shuningdek, yosh bolalar uchun yasalgan odam shaklidagi qoʻgʻirchoklar taʼqiq doirasiga kirmaydi. Ulamolarning bergan fatvolariga koʻra, musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni ifoda etuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasviridan boshqa tasviriy sanʼat turlari ta'qiqlanmaydi.

Yüklə 51,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə