Javoblar Islom va milliy ma’naviyat. Islom


Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo‘lishini ta’minlash masalalarini yoritib bering



Yüklə 51,73 Kb.
səhifə4/5
tarix31.12.2021
ölçüsü51,73 Kb.
#82077
1   2   3   4   5
18-bilet

2. Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo‘lishini ta’minlash masalalarini yoritib bering.
2020-yilning 18-iyun kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot kutubxona markazi tasarrufidagi A.Choʻlpon kutubxonasida “Matbuot – haqqoniy axborot manbai” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi jamoasi, Toshkent shahar tuman axborot-kutubxona markazi rahbarlari, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori H. Karimova va markaz mutaxassislari, Olmazor tumani “Nuroniylar” jamgʻarmasi raisi M. Mirpulatov, maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmazor tuman boʻlinmasi rahbari M. Aliboyeva hamda kutubxona faol foydalanuvchilari qatnashdilar.
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori H. Karimova soʻzga chiqib, matbuotda kitobxonlik madaniyatining targʻiboti boʻyicha bir nechta takliflarni bildirib oʻtdi. “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari A. Oʻrozov “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining tashkil etilishi, hamda uning bugungi kundagi maqsad va vazifalari haqida batafsil maʼlumot berdi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist B. Egamqulov keyingi yillarda Oʻzbekistonda soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash uchun ochiq maydon yaratilganligi va ikki asrni koʻrgan ustoz sifatida kechagi va bugungi imkoniyatlar haqida oʻz qarashlarini bayon etdi.

Axborot – 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar oʻrtasidagi muzokaralar na-tijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma toʻgʻrisida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar oʻrtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tu-zilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi. Ikki davlat oʻrtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi A. odatda qoʻshma A. deb atala-di; 2) ba’zi vaqtli nashrlarning nomi (mas, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining axboroti, Oʻzbekiston Respublikasi test markazining axboro-ti va boshqalar).

Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet xizmatlaridan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi. Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda.

Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkor natijaga ega bo‘linadi.

Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy e’tibor qara-tishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vositalar va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bo‘linadi:



  • axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish (Eavesdropping);

  • xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Deniall-of-service)

  • portlarni tekshirish (Port scanning).



Yüklə 51,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə