Jigar va o’t yo’llari kasalliklarining sindromlari



Yüklə 16,3 Kb.
səhifə10/11
tarix15.04.2022
ölçüsü16,3 Kb.
#85484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tashxisi. Anamnez, klinik belgilar va laborator tekshirish natijalariga asoslanadi. Gepatitni jigar sirrozi, gepatoz, xolesistit va xolangitlardan farqlash lozim.

Har qanday holatda ham etiologik omillar hisobga olinadi. Jigar sirrozida tana harorati ko’tarilmaydi, jigarning konsistensiyasi qattiqlashadi, taloq kattalashadi va sistit rivojlanishi mumkin.

O’tkir gepatit gepatozdan etiologik omillariga, kasallikning kechish darajasiga va tana haroratining o’zgarishiga ko’ra farqlanadi. Surunkali gepatitni gepatozdan farqlash qiyin. Yog’li gepatoz paytida taloq kattalashmaydi.

Davolash. Kasallikning sabablari bartaraf etiladi. Jigarning yallig’lanishiga sabab bo’ladigan yuqumli va parazitar kasalliklar etiotrop usul yordamida davolanadi. Sifatsiz oziqalar rasiondan chiqarib tashlanadi, yog’li oziqalar berish kamaytiraladi. Yuqori sifatli va vitaminlarga boy pichan, silos, senaj, donlar yormasidan tayyorlangan atala, ildizmevalilar, sabzi, kartoshka kabi oziqalar tavsiya etiladi. Itlarga qaynatilgan gusht, baliq, tvorog, kartoshkali va suli bo’tqasi, mevalar sharbatidan iborat diyeta tavsiya etiladi. Qandga boy oziqalarni berilishi chegaralanadi, chunki ular jigarda lipogenezni kuchaytirishi mumkin.

Medikamentoz davolash jigar xujayralarida modda almashinuvlarini yaxshilovchi vositalarni (gepatoprotektorlar), yallig’lanishga qarshi va immuno-deprissiv ta’sirga ega bo’lgan preparatlarni qo’llashdan iborat bo’lishi kerak.

Gepatoprotektorlar sifatida – Liv–52 (og’iz orqali: qoramollarga 10-12 tabletka, italar va mushuklarga – 1-2 tabletkadan bir kunda 3 marta), essensial (og’iz orqali: it va mushuklarga – 1 tabletkadan kuniga 3 marta), lipoyevaya kislota (lipomid) (og’iz orqali: kata hayvonlarga – 0,5-0,7 mg/kg, cho’chqa, qo’y va echkilarga – 0,80,9 mg/kg, itlarga – 1,0-1,5 mg/kg), karsil (og’iz orqali – 0,5 mg/kg bir kunda 3 marta) A, E, S, K, B1, B6, B12 vitaminlari, kokarboksilaza kabilar talab etilgan dozalarda qo’llaniladi. Davolash kursi 15-30 kun.

Tokaferol antioksidant ta’sirga ega bo’lib, jigarda yog’li distrofiya rivojlanishining oldini oladi. Bu maqsadda antioksidantlardan: diludin va santoxin preparatlaridan 2,5 mg/kg dozada ishlatish mumkin.

Askorbin kislotasi ta’sirida jigardagi retikulogistiositar hujayra-larning fagositoz qobiliyati, vikasol ta’sirida esa jigarda sintezlanadigan va qonning ivishi uchun zarur bo’lgan protrombin va prokonvertinlar miqdori oshadi. Tiamin ta’sirida sut va pirouzum kislotalaridan uglevodlar sintezlanishi va glyukozaning fruktozaga o’tishi tezlashadi va qondagi qand miqdori boshqariladi.

Piridoksin jigarda aminokislotalarning dekarboksillanish va dezaminlanish jarayonlarida qatnashadi.

Siankobalaminning og’iz orqali yoki muskul orasiga yuborilishi qon ishlab chiqarilishini yaxshilash bilan bir qatorda, jigarning detoksikasiyalovchi funksiyasini oshiradi. Vitaminoterapiya 15-30 kunga belgilanadi.

Ammiakni neytrallash maqsadida 0,5-1 g/100 kg dozada glyutamin kislotasi tavsiya etiladi. Surunkali gepatitni davolashda o’t haydovchi dorilardan oksafenamid, allaxol, magniy sulfat qo’llaniladi.




Yüklə 16,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə