Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Idrok qilishning ko‘rgazmali uslublari



Yüklə 313,75 Kb.
səhifə116/123
tarix28.11.2023
ölçüsü313,75 Kb.
#136665
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   123
ЖМН мажмуа. МБТЖТ 2 курс

Idrok qilishning ko‘rgazmali uslublari
Ushbu guruh uslublari o‘rganiladigan harakatni ko‘rib va eshitib idrok etilishini ta’minlaydi. Harakatlar ritmini, tezlik darajasini ko‘rish, ba’zan eshitish ham shug‘ullanuvchilarda harakatlar to‘g‘risida ko‘proq va har tomonlama tasavvur tug‘diradiki, kelgusida ularni qayta tiklash uchun taxminiy asosni kengaytiradi.
Idrok etishning ko‘rgazmali tamoyilini singdirishda ko‘rgazmali uslublar asosiydir (ammo yagona emas). Ularning yordami bilan o‘quvchi o‘rganiladigan harakat obrazini shakllantirishda jonli mushohada qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ayni paytda shuni hisobga olish kerakki, bir xil odamlarda ko‘rib idrok etish, boshqalarida eshitib idrok etish yaxshiroq rivojlangan. O‘qituvchi ta’limda uslublar qo‘llanishini individuallashtirish imkoniyatini va analizatorning etakchi rolini nazarda tutishi kerak. Guruhli o‘rgatish vaqtida idrok etishning barcha ko‘rgazmali uslublaridan foydalanish zarur.
Uslublarning yaxshi natija berishi ko‘pincha o‘quvchilarning yoshiga muvofiqligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, bu uslublar bolalar bilan ishlash vaqtida katta ahamiyatga ega. Ularda jonli misollarni kuzatishga intilish, taqlid qilish qobiliyati kuchli rivojlangan. SHu bilan birga, har xil yoshdagi bolalarda bu bir xil emas. Masalan, kichik yoshdagilarda sezgi idroki kuchli rivojlangan.
Idrok etishning ko‘rgazmali uslublaridan foydalanish ta’limning bosqichlariga bog‘liq. Dastlabki bosqichlarda ulardan xiyla tez-tez foydalaniladi. Mukammallashtirish bosqichida ulardan yuzaga kelgan xatolarni to‘g‘rilash uchun foydalanadilar.
Barcha qayd etilgan ta’lim uslublari ko‘rgazmali idrok qilinadigan harakatni o‘quvchilarga faqat tushunarli qilib etkazilganida va ularni faollikka yo‘naltirgan taqdirdagina ta’sirchandir. Aks holda bu uslublar ermakli tasvirga, o‘quvchilar esa passiv mushohadachilarga aylanib qoladilar. Natijada bolalar harakatni tahlil qilishni o‘rgana olmaydilar va faqat e’tiborni tashqi tomonga qaratadigan bo‘ladilarki, ularning ruhiy jarayonlari faolligi pasayadi, mulohaza esa bir yoqlama bo‘lib qoladi.

Yüklə 313,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə