Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Fazoviy-vaqt xarakteristikasi



Yüklə 313,75 Kb.
səhifə39/123
tarix28.11.2023
ölçüsü313,75 Kb.
#136665
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123
ЖМН мажмуа. МБТЖТ 2 курс

Fazoviy-vaqt xarakteristikasi
Jismning fazoda vaqt birligi ichidagi siljishi tezlikni ifodalaydi. Tezlik jism bosib o‘tgan yo‘l uzunligining shu yo‘lni bosib o‘tishga sarflangan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi.Odatda, tezlikni aniqlashda uni metr/sekund bilan o‘lchanadi. Agar yo‘lning barcha nuqtalarida harakatning tezligi bir xil bo‘lsa, bunday harakatni tekis harakat deb, agar u o‘zgarsa, notekis harakat deb ataladi. Tezlikning vaqt birligida o‘zgarishi tezlanish deb ataladi.
Psixologik va metodik nuqtai nazardan tezlik optimal va maksimal tezlikka ajratiladi.
Sport texnikasida harakat tezligi muhim rol o‘ynaydi: tezlik qanchalik katta bo‘lsa, sport natijalari shuncha yuqori bo‘ladi.
Biroq eng yuqori natijaga erishish uchun ko‘pincha maksimal tezlik emas, balki har bir sportchi uchun harakatning optimal tezligi muhim ahamiyatga ega. Tezlik erkin va majburiy bo‘lishi mumkin. Masalan, chang‘ichining tepalikka ko‘tarilishdagi tezligi erkin tezlik bo‘lsa, tepalikdan pastga tushishda esa majburiydir.
Vaqt xarakteristikasi
Harakatning qancha vaqt davom etishi va uning sur’ati harakatning vaqt xarakteristikasini ifoda etadi.
Holat va harakatlarning davom etishi organizm faoliyatini o‘zgartirishda muhim rol o‘ynaydi. Mashq bajarishning davomiyligini o‘zgartirish bilan yuklamaning umumiy hajmini tartibga solish mumkin. Jismoniy mashqlar texnikasida harakatning ayrim fazalari (eshkakni orqaga olib borish va eshkak eshish, mo‘ljallash va to‘p tashlash) yoki gavdaning ayrim qismlari harakati katta ahamiyatga ega. Bajarilayotgan ishning qancha vaqt davom etishi haqida vaqt-vaqti bilan axborot berib turish ishchanlikni oshiradi.
Harakat sur’ati. Sur’at deganda harakat siklining takrorlanish chastotasi yoki vaqt birligi ichidagi harakat miqdori tushuniladi. Masalan, biz yurish sur’ati haqida – minutiga 120-140 qadam, eshkak eshish sur’ati haqida – minutiga 30-40 marta eshkak eshish deb gapiramiz.
Harakat sur’ati gavdaning og‘irligi yoki harakatlanayotgan qismining inersiya momentlariga bog‘liq. Masalan, qo‘l panjalarini harakatlantirishda gavda harakatiga nisbatan (sekundiga 1-2 harakat) ancha yuqori sur’atni (sekundiga 8-10 harakat) saqlab turish mumkin. Ko‘pincha sur’atning o‘zgarishi bilan harakatning butun tuzilishi ham sifat jihatidan o‘zgaradi. Masalan, agar sur’at ma’lum bir chegaradan ortib ketsa, yurish yugurishga aylanadi.
Pedagogik amaliyotda fiziologik yuklamani kuchaytirish yoki kamaytirish maqsadida harakatlarning turli sur’atlaridan foydalaniladi.

Yüklə 313,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə