Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


MA’RUZA №4 7-Mavzu: JISMONIY MASHQLARNING KLASSIFIKATSIYASI (TASNIFLANISHI)



Yüklə 313,75 Kb.
səhifə36/123
tarix28.11.2023
ölçüsü313,75 Kb.
#136665
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123
ЖМН мажмуа. МБТЖТ 2 курс

MA’RUZA №4
7-Mavzu: JISMONIY MASHQLARNING KLASSIFIKATSIYASI (TASNIFLANISHI)


Reja:

  1. Jismoniy mashqlar mazmuni va shakli.

  2. Jismoniy mashqlar texnikasiga tavsif

  3. Harakatlar xarakteristikasi

Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli.
Barcha xodisa va jarayonlarga o‘xshash jismoniy mashqlar o‘zining mazmuni va shakliga ega. Jismoniy mashqni bajarishda sodir bo‘ladigan mexanik, biologik, psixologik jarayonlarning to‘plami jismoniy mashqlarning mazmunini vujudga keltiradi, ularning ta’siridan harakat faoliyati uchun qobiliyat rivojlanadi. SHuningdek mashq mazmuniga uning bo‘laklarini to‘plami, masalan, uzunlikka sakrashda tanaga tezlik berish, depsinish havoda uchish, erga tushish zvenolari hamda mashqni bajarishda hal qilinadigan vazifalar, shuningdek mashqni bajarishdan organizmda sodir bo‘ladigan funksional o‘zgarishlar haqidagi nazariy bilim va amaliy harakat malakalari kiradi. Bu elementlarning barchasi jismoniy mashqning umumiy mazmu-nini vujudga keltiradi. Jismoniy mashqning shakli ularning ichki va tashqi strukturasining muvofiqligida ko‘rinadi. Mashqning ichki strukturasiga shu faoliyatni bajarishda ishtirok etadigan skelet muskullari, ularning qisqarishi, cho‘zilishi, buralishi vah.k., biomexanik, bioximik bog‘lanishlari energiya sarflanishi, yurak-tomir, nafas olish, nerv boshqaruvi va boshqa organalardagi jarayonlar, ularning o‘zaro bog‘liqligining, o‘z ichiga oladi. Biologik, mexanik, psixologik va boshqa jarayonlarning mashq bajarishda birini biri bilan aloqasi, o‘zaro kelishilganligi yugurish mashqlarida boshqacha bo‘lsa, shtanga ko‘tarishda boshqacha, ya’ni ichki struktura turlicha bo‘ladi.
Mashqning tashqi shakli, tashqi strukturasi esa o‘sha mashqning tashqi ko‘rinishi, harakatni bajarish paytiga ketgan vaqt yoki kuch sarflash meoyori va harakat intensivligini ko‘rinishi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy mashqlar shakli va mazmuni o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini taqazo etadi. Mazmunning o‘zgarishi shaklni o‘zgarishiga olib keladi. Mazmun shaklga nisbatan asosiy rolni o‘ynaydi. Masalan, har-xil masofada tezlik sifatining namoyon bo‘lishi yugurish texnikasining ham turlicha bo‘lishiga sababchi bo‘ladi (qadamning kattaligi, chastotasi, tananing holati vah.k.). SHakl mazmunga ta’sir ko‘rsatadi. Aniq ma’lum bir harakat uchun namoyon bo‘layotgan jismoniy sifatlar shu jismoniy mashqni bajarishdagi malakaga ta’sir qiladi. SHuning uchun suzuvchi kuchi bilan gimnastikachi kuchi, shtangachi kuchi biri-biridan farqlanadi. Jismoniy mashqni shakli va mazmunining ratsional muvofiqligiga erishish jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining asosiy muammolaridandir. Bu muammo qisman harakat malakasi va ko‘nikmasiga, shuningdek jismoniy sifatlariga ham ta’luqlidir.

Yüklə 313,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə