Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Mashg‘ulotlarning muntazamligi va jismoniy yuk(lama)-ning dam olish bilan ratsional almashinuvi



Yüklə 313,75 Kb.
səhifə44/123
tarix28.11.2023
ölçüsü313,75 Kb.
#136665
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123
ЖМН мажмуа. МБТЖТ 2 курс

Mashg‘ulotlarning muntazamligi va jismoniy yuk(lama)-ning dam olish bilan ratsional almashinuvi.
Mashq qilishning muntazam emasligi taolim jarayonida etarli darajada samara bermaydi. Tabiiy rivojlanish qonu-niyatlaridan amaliyotda biz shunga guvo’mizki, mashg‘ulotlar uzluksiz va muntazam olib borilsa, jismoniy mashqlar taosiridan organizmning funksional imkoniyati, jismoniy qobiliyati yaxshilanadi.
Muntazam mashg‘ulotlardanhosil bo‘lgan reflekslar uzluksizlikni talab qiladi. Uzluksizlikning buzilishi malakani asta-sekinlik bilan so‘nishiga olib keladi. Musta’-kamlanib avtomatlashgan yoki “oliyharakat maqomi”da bajarila boshlaganharakat taolim jarayonida faoliyatning muntazam takrorlash shartini, kerak bo‘lsa, talabini qo‘yadi. CHunki organizmning funksionalholati yaxshilanib muntazam mashq qilish va mashg‘ulotlar natijasida maolum natijani ko‘rsata boshlagan bo‘lsa muntazamlilikni bir oz buzilishi,hosilani asta-sekin yo‘qqa chiqishiga olib kelishi mumkin.
Obrazli qilib xulosa kilganda, muntazam tizimli mashg‘ulotlar qoldirgan yarimsharlar puo‘tlog‘idagi “iz”dan ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, yangi o‘zlashtirilmaganini o‘rganish osonlashadi. J. Lamark fikricha, «tizimli va munta-zam ravishda mashq qildirilgan organ asta-sekinlik bilan rivojlanadi, o‘sadi, mashq qildirilmagani o‘z qobiliyatini susaytiradi va xususiyatini yo‘qotib boradi».
Nisbatan katta bo‘lmagan tanaffus aktiv muskulhujay-ralari vaznining kamayishiga, komponentlari tuzilishining lozim bo‘lmagan o‘zgarishlariga,hatto morfologiyasining regress-siyasiga olib keladi. Ayrim regressiv o‘zgarishlarhatto 5-7 kunlik tanaffuslardaham sodir bo‘lishi mumkin (N.V. Zimkin, D.L. Ferdman, O.I. Faynshmidt va boshqalar).
Jismoniy kamolotga erishish jismoniy tarbiya jarayoni-ning uzluksiz olib borilishi tanaffuslarsiz, oqlanmagan yo‘qotishlarsiz,har bir mashg‘ulotdagi samara oldingi mashg‘u-lotning “iz”ihisobiga qatlam-qatlam bo‘lib qalinlashsa, avvalgi mashg‘ulotlar keltirib chiqargan ijobiy o‘zgarishar takomillashtirilsa va rivojlantirilsagina sodir bo‘ladi.
Bu talabni amalga oshirish jismoiy tarbiya amaliyotidahaftada 2, 3, 4,hatto 5 martabali mashg‘ulot (ertalabki zaryadka va boshqa qo‘shimchalarnihisobga olmaganholda)lar orqali yo‘lg qo‘yiladi. Qolaversa, “shug‘ullanganlik” qancha yuqori bo‘lsa, mashg‘ulotlar orasidagi intervallar shuncha qisqaradi va jismoniy tarbiya jarayoni shunchalar zichlashadi. Bu o‘z navbatida organizmning funksional imkoniyatini ijobiy tomonga o‘zgar-tiradi. Mashg‘ulotlarning konsentratsiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, akademik mashg‘ulotlar va sport trenirovkasi uchun uzluk-sizlikning ifodalanishi shunchalar xarakterli bo‘lishi mumkin.

Yüklə 313,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə