Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar Mundarija


Kichik sinflarda jismoniy tarbiya darslarin o'tkazish uslubiyatlari



Yüklə 41,28 Kb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü41,28 Kb.
#140005
1   2   3   4   5   6   7
Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar Mundarija

Kichik sinflarda jismoniy tarbiya darslarin o'tkazish uslubiyatlari
Mamlakatimizda «Sog'lom avlod uchun» keng ko'lamli chuqur o'ylab chiqilgan dastur xalq tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinib amalga oshirilmoqda.
CHunki o'sib kelayodgan yosh avlod tarbiyalash, eng avvalo va asosan o'quv-tarbiya jarayonini mukammalligiga bog'liq.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi-o'quvchilar tanasidagi barcha a'zolarini sog'lom o'sishini ta'minlash, ularni aqliy va jismoniy mehnatga shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir.
Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najod, yo xolokat, yo ibodat, yo folokatdir». Abdulla Avloniyning fikricha, sog'lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma'rifatga ega bo'lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarurdir.
Vazifalari- sog'lomlashtirish, ta'lim berish, tarbiyalash vazifalarini hal
qilish.
Jismoniy tarbiya sog'likga katta ta'sir ko'rsatib kishi salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr qurishga yordam beradi.
Vositalari- jismoniy tarbiyaninng asosiy vositalari jismoniy mashqlar, tabiatning sog'lomlashtirish kuchlari ( suv, havo, quyosh), gigienik omillar (shaxsiy va jamoa gigienasi ), kompleks dasturdagi har bir sinfda o'tiladigan mashq turlari (sport turlari ) vosita bo'lib hisoblanadi.
Harakatchanlik sifatlarini rivojlantirish hamda harakat-malaka va ko'nikmalarni o'rgatish uchun o'qituvchi o'tkaziladigan sharoitni hisobga olgan xolda tanlab oladi.
Dasturda ko'rsatilgan bilimlarni o'quvchilar tomonidan to'liq egallash, jismoniy mashqlarni foydali ekani, shaxsiy va jamoa gigienasi va gigienik qoidalariga rioya qilish. Bu vazifalarni hal qilish uchun o'qituvchi suhbat tariqasida, bilim berish orqali amalga oshirish kerak.
Jismoniy mashqlar gigienasi haqida tushuncha berish o'quvchilarda jismoniy tarbiya darsiga bo'lgan qiziqshni orttiradi va ongini o'stiradi. Bu vazifa o'quvchilardan ko'p kuch sariflashni va imkoniyatlardan to'g'ri foydalanishni talab qiladi.

O'qituvchi ishni shunday tashkil qilish kerakki, o'quvchi maktabda va uyda bir xil jismoniy tarbiyaga odatlansin.


O'qituvchilarga doimo jismoniy mashqni organizmga ta'siri to'g'risida, sog'likni mustahkamlash ish qobiliyatini oshirishi to'g'risida tushuncha berib borish kerak.
Bizlarga ma'lumki, 6-9 yoshdagi o'quvchilar organizimi bir tekis va tez rivojlanish xususiyatiga ega. Bolaning har yili o'sishi 2-4 sm. ga og'irligi esa 2­4 kg,ga ko'krak qafasining rivojlanishi 2-4 sm bo'ladi
Organizmning suyak qismi juda tez o'sadi. O'gil bolalarda asosan, oyoq qismi uzunlik hisobiga tez o'sadi, kiz bolalarda esa gavda qismi tez o'sadi, tos, qo'l, tirsak, bilak suyaklari yaxshi o'sa boshlaydi. Umurtqalar orasidagi togaylar hali yaxshi o'smaganligi uchun organizm eguluvchan bo'ladi
Organizmning tez o'sishi bilan (ya'ni suyak qismi ) undagi suyak hujayralarida hali organik moddalar ko'p, mineral tuzlar esa kam. Shuning uchun suyak egiluchan bo'ladi. Shu sababli jismoniy tarbiya darsida nagruzkani xaddan tashkari berish maqsadga muvofiq emas. ( balandlikdan kattik joyga sakrash, juft bo'lib mashq bajartirish va boshqalarni berish mumkin emas). Bularda muskullar bir xil rivojlanmaydi. Katta muskullar tez shakillanadi, kichik muskullar sekin rivojlanadi. Shu sababli bularga eng kichik harakatni qiyinrok bajaradi. Bolalarning muskul hujayrasida suv ko'p, oqsil moddalar kam bo'ladi. Bu davrda muskul kam ish qobiliyati bilan xarakterlanadi. Bu o'qituvchidan darsda uzoq dovom etadigan statik holatdan mashqni bir xil va bir tamonlama harakatni bermaslikni talab etadi. Darsda muskul gruppalarini to'g'ri proportsional rivojlanishga erishish kerak. Masalan: nishonga aniq mo'ljallash mashqni berish kerak ( kichik muskul gruppasiga ). Tortilish va tayanish mashqlarini juda kam berish kerak,shuning uchun, ko'krak qafasidagi suyaklar yaxshi qotmagan. Bu esa ko'krak qafasi qiyshiq o'sishiga olib kelishi mumkin.
Yurak -qon tomir sistemas bolaning yuragi o'zini hajmi bo'yicha, hali kichik, kattalarga nisbatan yurak-qon tomirlari ingichka, tomir devorlari elastik holatlga ega. Yurak muskullari hali yaxshi (kuchli) qisqarish qobiliyatiga ega emas.
6-9 yoshdagi bolalarni (7-10) maktabda o'qitish va o'rgatishdan avval so'z boyligi yaxshi rivojlangan bo'ladi. Bu yoshdagi o'quvchilarda muskul-harakat sezgilari rivojlana boshlaydi, o'z harakatini qurish va kinestetik nazorat qilishlari rivojlana boshlaydi. Kichik yoshdagi bolalarda harakatni qabul qilish to'lig'icha bo'ladi. shuning uchun o'qituvchi o'rgatish paytida tushuntirish bilan mashqni ko'rsatib borishi kerak va harakatni asosiy zvenolarini bir necha marta qaytarib borishi kerak. O'quvchilar-qisqa vaqt ichida harakatlarni yaxshi mo'ljalga ololmaydi. «Ung va chapga» burilishlarni chalkashtirib yuboradi. Shuni sezgan o'qituvchi shu sezgilarni ko'proq mashq qildirishi kerak.
Jismoniy tarbiya vositalariga xarakteristika-vosita qo'llaniladigan harakat vazifalarini bajarish uchun kerakli harakatlar.
Jismoniy tarbiyaning kompleks vositalarini jismoniy mashqlar, tabiatining sog'lomlashtirish kuchlari va gigienik omillar tashkil etadi.
Insonning jismoniy tarbiyasi o'ziga xos asosiy vositasini jismoniy mashqlar tashkil etadi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiya qonuniyatlariga muvofiq mashqlar tarixiy davrlarda to'planib va metodik tomondan gimnastik, o'yin, sport va turizm turida rasmiylashdi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiya vosita sifatida shugullanuvchilar faol harakat faoliyatini nazarda tutadi. U onglilik xarakteri qator psixik jarayonlarni yigindisida aks etadi. Kamolotga intilish. maqsadi haqida va harakat maqsadga yetishishi uchun vositalarni tasavvur etish, shu mashqni bajarish niyati iroda kuchli bo'lishi lozim. Mashqlarni bajarish bilan atrofdagi sharoitni idrok qilish, harakatni tasavvur qilib bilish kerak.
Amaliy mashgulotlar o'tkazishh uchun o'quvchilar o'quv bo'limlariga taqsimlanadilar. Bunda o'quvchilar, asosan, jinsi, jismoniy tayyorgarligi, sogligi va qiziqshiga qarab maxsus bo'limlarga taqsimlanadi. O'quv bo'limlaridagi o'quvchilar soni o'rta maktabda ishni tashkil qilish va mohiyati (miqdori) haqidagi yo'riqnomaga (instruktsiya) ko'ra 15 tadan oshmasligi kerak.
Maxsus o'quv bo'limlarining o'quvchilari mashgulotlar jarayonida (sog'lomligi) salomatligi, jismoniy tayyorgarligi va jismonan rivojlanganligi tibbiy xodim bo'limga o'tkazilishi mumkin.
Asosiy bo'limdagi o'quvchilar kasal bo'lib qolsalar yoki boshka biror sabab bo'lsa, o'quv yilining xohlagan paytida maxsus bo'limga o'tkazilishi mumkin.
O'quv ishlari jarayonida o'rgatish va tarbiyalash olib boriladi. Maktab o'quv tarbiya ishlarini tashkil qilishda dars ish shakli hisoblanadi.
Har qanday dars o'ziga xos xususiyatga ega. Umuman dars 3 qismli va 4 qismli bo'ladi. 4 qismli dars, asosan, 1 sinfda qo'llaniladi (kirish, tayyorgarlik, asosiy va xulosa qismi), 2-3 sinflarda 3 qismli dars o'tiladi.
Dars vazifasi-o'quvchilarni tashkil qilish, dars qismiga tayyorlash va emotsional holatlini oshirish. Bu vazifalar aniq saflanish, qisqa vazifa bilan tanishtirish, URM (umum rivojlantiruvchi mashq)ni yaxshi bajartirish bilan yechiladi.
1-4 sinflarda dars tuzilishi o'ziga xos xususiyatga ega. Dars o'quvchilarning yoshlariga, jinsiga va jismoniy tayyorgarligiga qarab tuziladi va jismoniy mashqlar tanlanadi. Dars haftasiga ikki marta o'tkazilishi kerak va iloji bo'lsa, 2 kun oraligida qo'yish zarur. Darsni jadvalning birinchi va oxirgi soatlariga qo'ymaslikka harakat qilish kerak, chunki ertalab birinchi soatga qo'yilsa, organizmga birdaniga nagruzka berilishi mumkin, oxiriga qo'yilsa dars qiziqarsiz o'tadi, o'quvchilar charchaydi. Jismoniy tarbiya o'qituvchisi darsda rahbarlik rolini bajarishi kerak, dars oldiga vazifalar qo'yadi va shu vazifani bajarishi qonuniydir.
Dars oldiga qo'yiladigan talablar.
- jismoniy tarbiya darsi aniq vazifalarga ega bo'lishi kerak.
- metodik tuzilishi bo'yicha to'g'ri bo'lishi kerak.
- O'quv materiallari oldingi darsdagisiga keyingi darsning bog'liq bo'lishi
- dars mazmuni bo'yicha o'quvchining yoshiga,jinsiga,jismoniy tayyorgarligiga va salomatlik guruhiga mos bo'lishi kerak.
- Darslar qiziq va o'quvchilarning aktivlik faoliyatini oshirishga qaratilgan bo'lishi kerak.
- Darsning mazmuni o'quvchining qaddi-qomatini to'g'ri va jismoniy har tomonlama rivojlanishiga yo'naltirilgan bo'lishi kerak
O'quvchilar faoliyatini darsda 4 ta metod bo'yicha tashkil qilinadi.
1 .Frontal
2.guruhli
3 .Individual (shaxsiy) 4.Aylanma
Darsning tayyorgarlik qismi (5-10 minut). Tez va aniq tashkil qilingan dars sifatli va umumiy o'tadi. Shuning uchun o'qituvchi tayyorgarlikni tanaffus vaqtidan boshlashi kerak. O'qituvchi o'quvchilarga qaysi joyda saflanish. qanday yurishni ko'rsatishi kerak. Bu o'quvchilarni intizomiga va o'z o'quv mehnatini tashkil etishga jalb qiladi. Darsning boshlanishi uyushtirilgan tarzda o'tkazilsa, butun darsning muvaqqiyatli o'tkazilishini ta'minlaydi.
Tayyorlov qismi (5-10 min) vazifasi, o'quvchilarni tashkil qilish, dars vazifasini tushuntirish, organizmni darsning asosiy qismiga tayyorlash. Mazmuni safga turish elementlari, gimnastik saflanish, yurish, qo'shimcha qo'l harakatlari bilan yurish, umumrivojlantiruvchi va tayyorlov mashqlari, saflash elementlari bo'yicha o'yinlar.
Asosiy qism (25-30 min) vazifasi, o'quvchilar tomonidan harakat. Malaka va ko'nikmalarni egallash, oldin utilgan materiallarni mustahkamlash, jismoniy sifatlarni tarbyalash (chaqqonlik, tezkorlik) qa'tiylik, botirlik. Mazmuni URMni buyumli va buyumsiz o'tilgan materiallar bo'yicha, yurish. Yugurish, sakrash, emaklash, oshib tushish, osilish, muvozanat saklash, akrobatik mashqlar serg'ayratlikni talab qiladigan o'yinlar.
Asosiy qismiga dastur mazmunidagi materiallar kiritilishi kerak.
Darsda o'rgatish, takarorlash, qaytarish, mustahkamlash, takomillashtirish vazifalari qo'yilishi kerak.
Darsning maqsadi. Fizkul'tura zali, sport maydonchasidagi tartib-qoidalari bilan tanishtirish.
O'rgatish-o'quv materialining mazmunli, ilmiy tarzda tushuntirish, darsning struturasidagi muhim qismdir. Darsning ana shu qismida o'qituvchi o'zining bilimini, chuqurroq mashqlarni o'rgatish chog'ida o'zini jiddiy tutishi kerak. Uning diqqati, e'tibori, ayniqsa u tushuntirish chog'ida bolalarga diqqat bilan razm solib borsa, bu ularda o'z aksini topadi.
Mustahkamlash mashqlari maxsus topshiriklar sistemasi tariqasida o'qituvchi tomonidan yangi materialni tushuntirib berilganidan keyin darsning bir qismi mustaqil dars sifatida o'tkazilishi mumkin.
Mustahkamlash tariqasida materialning asosiy tayanch joylariga, nazariy qoidalarning amaliy o'quv faoliyati aloqasiga, ko'nikma va malakalarning shakllanish jarayoniga e'tibor beriladi. Bunday vazifa o'quv materialrini egallashga, mashqlar va mustaqil bajarilgan mashqlarning turlarini tanlashga yordam beradi.
Takrorlash vazifasi. O'quv materialini mavzular, bo'limlar, sinflar bo'yicha sistemalashtirishdir. Maktab o'quvchilari ko'pincha takrorlash chog'idagina ba'zi ko'nikma va malakalarni mashq qiladilar va umumlashtiradilar.
Darsning yakunlash qismi (3-5 min) vazifasi asta-sekin ish hajmini o'quvchilar faoliyatini keyingi darsga tayyorlash, uyga vazifa berish, darsni yakunlash, yangi harakatlarga tashkiliy ravishda o'tish (safga turgan holda tartibli ravishda, sinfga yoki uyga chiqib ketish).Mazmuni, saflanish, ashula bilan yurish, ritmik mashqlar, sokin o'yinlar, nafasni rostlaydigan mashqlar, darsni o'tkazishdagi o'qituvchining oxirgi so'zi, uyga vazifa.
2.2. Inson faoliyatining asosiy turlari, ularning tasnifi va organizmiga ta’siri
Mexnat fiziologiyasi- Bu ilm va mexnat faoliyatida inson organizmining ishlashidir. Bu esa o'z navbatida mexnat sharoitlarini yaxshilashga sog'lomlashtirishga doir meьyorlarni ishlab chiqishni taqozo etadi.
Mexnat fiziologiyasining asosiy masalalari:
-mexnat faoliyatining fiziologik qonunlarini o'rganish;
-xar xil faoliyatining fiziologik parametrlarini o'rganish;
-insonning mexnatini yaxshilashga, sog'lig'ini va ish faoliyatini uzoq muddat ichida saqlashga doir turli tavsiyalarni ishlab chiqish.
Mexnat faoliyati davomida inson xar qanday ishlarni bajarishga to'g'ri keladi.
Biz mexnatni Jismoniy va aqliy turlarga bo'lib o'rganamiz. Jismoniy mexnat-bu bizning xarakat aьzolarimiz tomonidan bajarilib, inson Jismoniy mexnat-bu bizning xarakat aьzolarimiz tomonidan bajarilib, inson organizmining faoliyatini oshiradi (yurak, asab, nafas yo'llarini) va ularning mexnatini taьminlaydi.
Aqliy mexnat-bu o'zida axborot qabul qilish eьtibor va diqqatni ongda jamlashdir.
Mexnat faoliyati turlari
Mexnat faoliyati quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Qattiq jismoniy mexnat bir qator kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu esa o'z navbatida ishlab chiqarishning pasayishiga va uzilishiga olib keladi, natijada bu uzilishlar ishchilarning 50% vaqtini oladi;
2. Mexanizatsiyalashgan mexnat. Bunda energiya yo'qotish ishchilarga 3 dan 4000 gacha bo'ladi. Mexanizatsiyalashgan mexnatda faqat barmoqlar ko'proq ishlaydi va bir xil tarzdagi mexnat tez charchashga olib keladi;
3. Yarim avtomat va avtomatlashish bilan bog'liq mexnat. Bu yerda inson mexnatni kam bajaradi, ko'p ishlar mexanizm bilan amalga oshiriladi. Insonning vazifasi esa ushbu mexanizmni ishlatish, maxsulotni uzatish va tayyor maxsulotni olish;
4. Konveyer Bu yerda ish konveyer tomonidan bajariladi, xar bir ish joyiga maxsulot uzatiladi. Bunda vaqt tejaladi, lekin asab tolalarining xususiyati pasayib charchashga olib keladi;
5. Mexnat distantsiyasini boshqarish bilan bog'liq. Bu yerda inson asosiy boshqaruv operativ zvenoga kiritiladi. Bu yerda insonning faoliyati katta axamiyatga ega bo'lib, u ishni va asboblar tayyorligini, xamda ko'rsatkichlarni nazorat qilishga masuldir;
6. Intellektual (aql) mexnat-operatorlik, ijodiy boshqarish, ьtibbiyot xodimlarining mexnati, o'qituvchilar, o'quvchilar va talabalar mexnatidir. Intellektual mexnat bu xar xil axborotni taxlil qilish, xoitrani eьtiborni kuchaytirishdir. Bu yerda energiya yo'qotish sutkasiga 2000-2400 kkal ni tashkil qiladi.
O'qituvchilar va tibbiyot xodimlarini mexnati-bu odamlar bilan bog'liq mexnat bo'lib, vaqt yetishmovchiligi, to'g'ri qaror qabul qilinishi, asab zo'riqishiga olib keladi.
O'quvchi va talabalar mexnati Buning asosini imtixon va sinovlar tashkil etadi. Bunda asosiysi xotira va eьtibor ko'proq ishlaydi.
Ijodiy mexnat-bu eng qiyin mexnat bo'lib unda yaxshi xotira va eьtibor talab qilinadi. Ijodiy mexnat yozuvchi kompozitor, rassom va arxitektorlarga xosdir. Ularda asab tolalari charchaydi, taxikardiya, qon bosimi oshishi, xarorat oshishi kuzatiladi.
Ish paytida inson organizmida turli xil fiziologik o'zgarishlar kuzatiladi. Xar bir ish o'z qiyinchiliklariga ega va insonning barcha aьzolarining faliyatini jamlaydi. Markaziy asab sistemasi asosiy o'ringa ega. Bu asab sistemasi xar bir inson xarakatini o'rnatadi. Bunday qoida “Dinamik stereotip”deb ataladi. Dinamik stereotipni asosiy tushunchasi shundaki, u markaziy asab sistemasiga asab protsesslarini kiritgan. Dinamik stereotip ortiqcha xarakatlarga yo'l qo'ymaydi, energiyani tejaydi va chapchashni uzoqlashtiradi, xamda mexnat faoliyatida sharoitni o'zgarishga moslaydi. Mexnat jarayonida fiziologik sistemalar faollashadi. Jismoniy sharoitda “vegetativ” sistema faollashadi (qon yurishi, nafas olish, yurak urishi yuqori darajada o'sadi).
Aql faolligi davomida miyaning xar bir bo'linmalari faollashadi,qon borishi va kislorod talabi oshadi. Mexnat fiziologiyasida asosiy tushuncha bu ishga layoqatlilik va xolsizlikdir.
Ishga yaroqlilik vaqti vaqti bilan o'zgaradi va fazalarga bo'linadi.
1 faza markaziy asab sistemasi va yurak faolligi oshadi.
2 faza markaziy asab sistemasini darajasi o'sadi mexnat natijasi yuqori bo'ladi.
3 faza ish faoliyatini pasayishi, xoldan toyish bilan bog'liqligi.
Xar bir fazani davomiyligi markaziy asab sistemasiga xamda ishlash sharoitiga bog'liq. Masalan: 1 kursdagi talabaning ish faoliyati ertalabki soat 11:00 da faollashadi, mustaxkam ishlash 16:00gacha so'ng 3 fazada ish faoliyati susayishi, yaьni charchash kuzatiladi. Bu yerda asosiysi Bu yerda eng asosiysi 2-faza bo'lib, btsunda ish davomida tadbirldar o'tkazish o'qish vaqtidagi tanffuslar va sport bilan shug'ullanish mumkin bo'ladi. Xoldan toyish –bu ish faoliyatini pasayishi bo'lib aql tomondan eьtiborning pasayishiga olib keladi. Charchash kundan kunga to'planadi, so'ng xolsizlikka olib keladi. O'ta charchash –bu patalogik axvol bo'lib kasalikka olib keladi. Bunda asab tolalarini buzilishi, bosh og'rig'i xotiraning susayishi uyqusizlik, ishtaxaning buzilishi kuzatiladi. Charchash oqibatida tez kasalikka chalinish, bu esa o'z navbatida nevrosteniya va isteriya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Asosiy chora-bu ish tartibini dam olishni to'g'ri tashkillashtirishdir. Bunda ishning ketma-ketligi va ular orasidagi tanffuslar katta axamiyatga ega.
Eng asosiyts narsa bu dam olishdagi faollikdir. Bunda qisqa tanffus paytida turli xil jismoniy mashqlar o'tkazilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Asab tolalarini tinchlantirish musiqa ishlatiladi, xamda psixolog xonasi tashkil qilinadi.
Ruxan tinchlantirishning asosiy elementlaridan biri bu autogen mashqlar bo'lib inson o'zini ruxan boshqarish va jismoniy mashqlar yordamida o'zini psixologik tinchlantirishdir.
Kimyo sanoati korxonalarida olinadigan moddalar, kimyoviy birikmalar changi, zararli gazlar inson salomatligiga salbiy ta'sir etadi. Havoda uglerod oksidi miqdori ko'paysa bosh aylanishi, yurak tez tez urishi (taxikardiya), gemoglobin kamayishi, yurak qon tomir sistemasining buzilishiga olib keladi. Sanoat chiqindilari, kimyoviy korxonalarning ish faoliyati, yadro sinovlari, kosmik parvozlar tabiat muvozanatiga va insonlar hayotiga jiddiy tahdid solmoqda.
Kimyo sanoati korxonalarida olinadigan ishlatiladigan moddalar – ammiak, gazlar, benzin, kerosin, spirtlar, efirlar, kislota va ishqorlar zaharli hisoblanadi. Mehnat qilish jarayonida shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish zarur.
Inson salomatligiga psixologiyasiga salbiy ta'sir etuvchi zararli odatlar - bu spirtli ichimliklar, sigaret, nos, nasha va hokazolardir.
Spirtli ichimliklarning muntazam ravishda iste'mol qilish, sigaret, nos, nasha chekish natijasida insonning sog'ligi zaiflashadi, xotira va ish qobiliyati pasayadi, psixologik o'zgarishlar paydo bo'ladi. Tabiiy ofatlar natijasida insonlar ruhiyatida sodir bo'ladigan asosiy o'zgarishlar – bu uyqusizlik, vaxima kuchli hayajonlanish, kechalari qo'rqib uyg'onish, sarosimaga tushish va boshqalardir.
Havf va zararli omillarning inson psixologiyasiga ta'siri
Baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin bo'lgan psixologik sabablar bu insonning ish faoliyati davomida psixologik rejimning buzilishi, charchash, kasallik holatlari, oilaviy notinchlik, ish jamoasidagi kelishmovchiliklar va boshqalardir.
Ish boshlashdan avval yaxshilab diqqatni jamlash, hamda nima va qanday ish qilishni bilish zarur. Shunda inson kamroq toliqadi va charchash ham deyarli kuzatilmaydi. Aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turilsa, inson uzoq vaqt charchamaydi, ishi unumli bo'ladi.
Chunki aqliy mehnat vaqtida qo'zg'algan markazlar jismoniy mexnat vaqtida dam oladi. Shuning uchun yaxshi uxlab turgandan so'ng odamning ish qobiliyati ortadi.
Insonning salomatligiga va psixologik faoliyatiga ijobiy ta'sir etadigan ichimliklar bor. Bular: choy, kofe. Bu suyuqliklar insonni tetik, bardam qiladi, ruhiy, aqliy va jismoniy qobiliyatini kuchaytiradi, yurak ishini jonlantiradi. Insonning samarali mehnat faoliyati uning psixologik holatiga, sog'ligigia xavfsiz ish sharoitiga bog'liqdir.

Havfli va zararli omillarning inson psixologiyasiga ta'siri


Ish faoliyatidagi zararli va havfli omillar quyidagi turlarga bo'linadi:
Fizikaviy – viratsiya, elektr magnit to'lqinlari, shovqin, infraqizil nurlar, ultrabinafsha radiatsiyasi.
Ximiyaviy – ish joyining gazlar bilan ifloslanganligi, ximiyaviy birikmalarning changga, teriga zaharli moddalarning tushishi oshqozon ichak yo'llariga zaharli moddalarning tushishi. Kislota, ishqorlarning ta'siri.
Biologik – patogen mikroblar va ularning toksinlari. Hayvon, o'simliklar o'rtasidagi yuqumli kasalliklarning tarqalishi.
Psixofiziologik – asab-ruhiy: xodimlar, o'qituvchilar, talabalar mehnati, ijod bilan shug'ullanuvchilar.
Zararli odatlar – sigaret, nos, nasha, spirtli ichimliklarning organizmga salbiy ta'siri.
Avariya, halokatlar, tabiiy ofatlar, fojealar insonlarda emotsional hayajonlanishni keltirib chiqaradi. Natijada inson turli emotsiyaviy kuchlanish holatlarida bo'lib qoladi.
Ayni hollarda normal fikrlash jarayonini buzilishiga o'z ustidan nazoratni pasayishiga yoki umuman yo'qolishiga olib keladi.
Ular eng havfli joylarga borishga doim tayyor bo'lib, ongli ravishda o'ziga ishongan yurish turishini boshqarishi va stress faktorlar ta'siriga bardosh bera oladigan insonlar bo'lishi lozim. Shunday insonlar borki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, ekstremal holatlarida odamlarni qutqarishda dadillik bilan ruhini tushirmasdan harakat qiladilar.
Psixologik tayyorlanmagan, chiniqmagan insonlarni ayrimlarida, qo'rquv tuyg'usi va havfli joylardan qochib ketishga intilib paydo bo'ladi, boshqalarida esa psixologik shokdan qotib qolish kuzatiladi, fikrlash jarayoni butunlay buziladi.
Asablanish jarayoni (qo'zg'alish yoki tormozlanish) turli xilda namoyon bo'ladi. Shunday hodisalar bo'ladiki qattiq qo'rquvdan yurak-tomir sistemasi buzilishi sababli nobud bo'lganlar ham bor. Tabiiy ofatlarni bartaraf etishda ruhiy tushkunlikka tushgan odamlarni ham ko'rish mumkin, ular uzoq vaqt davomida vayron bo'lgan joylarda maqsadsiz sandiroqlab yurishi mumkin. Insonlarni shu holatga tushib qolishining sabablari quyidagicha: havfsizlikni to'satdan yuzaga kelishi, uni kelib chiqish sababini bilmasligi va tabiiy ofatni yoki avariyani yuz berishi mumkin bo'lgan oqibatlarni bilmaslik, shu sharoitda o'zini tutish qoidalarini, tajribasi va malakasi bo'lmasligi, ma'naviy-psixologik tayyorgarligini kamligi sabab bo'ladi.
Odamlarni tushkunlikka tushmasliklari uchun nima kerak.
Birinchidan og'ir psixologik jarohat olgan insonni bir guruh odamlar ichida, qandaydir jismoniy ish berilsa, odam o'zini tezroq ruhiy tiklab oladi.
Ikkinchidan, insonga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida, doimo ekstremal sharoitlarda harakatlanishga tayyorgarlik ko'rish, psixologik barqarorlikni shakllantirish, irodani chiniqtirish lozim. Shuning uchun ham psixologik tayyorlanishni asosiy mazmuni bo'lib, kerakli psixologik sifatlarni hosil qilish va mustahkamlashdir. Bu yerda asosiysi aniq hududda, aholi yashaydigan joyga yoki ob'ektda, imkon darajasida yaqinlashtirib, o'rgatishni tashkil etish lozim. Dadillik, sovuqqonlik, xavfli va murakkab sharoitlarda aql-idrok bilan fikrlashni, tarbiyalashni muhimligini ta'kidlash kerak. Bu sifatlarni hosil qilishni tabiiy ofat jarayonidagi ahvol bilan og'zaki tanishtirish mumkin emas. Faqat amaliyot vaqtida kerakli malaka va psixologik barqarorlikni, emotsional (his tuyg'u) irodani tajribasidan olish mumkin. Shuning uchun ham aholi bilan mashg'ulot o'tkazishda, ayniqsa harbiy qismlar bilan, kerakli harakatlarni faqat uzoqni tavsiflab, kino-videofilmlarni ko'rsatish bilan cheklanmasdan, albatta, shu joylarda uchrashi mumkin bo'lgan qutqaruv ishlarini usullarini amalda me'yoriga yetkazish kerak. Malaka hosil qilish asosida kerakli mashg'ulotlarni qayta-qayta takrorlab, kerakli harakatlarni ongli ravishda qaytarib turish kerak.
Uchinchidan, jamoani tayyorlash – korxonalarni, tashkilotlarni, muassasalarni, barcha xodimlarni bardoshligini oshirish, psixologik yuklamalarga, chidamligiga, dadil bo'lishiga, qo'yilgan vazifalarni bajarishga, uzluksiz intilish, o'zaro ta'sir va yordam ko'rsatish lozim. Bunday tayyorgarlikni tabaqalashtirish bilan o'tkazish, ya'ni har bir jamoa qanday ishlarga mo'ljallanganligini va aniq jamoa qaysi vaziyatga duch kelishini hisobga olish kerak. Va buni mashqlarda o'tkazish lozim. Fojeaviy hodisalarni oqibatlarini bartaraf etish tajribasi – jamoani ma'naviy, intellektual va moddiy resurslarni bir joyga yig'ilishi, aholini favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga o'rgatishni ko'rsatadi.
Shuni esda tutish kerakki, insonlarni psixologik tayyorgarlik darajasi – muhim faktorlardan biri deb hisoblanadi. Kichkina sarosimalik va qo'rquvni ko'rsatish, ayniqsa avariyani yoki halokatni boshlanishida, tabiiy halokatni rivojlanishida, juda og'ir, bir xil hodisalarda esa to'g'rilab bo'lmaydigan, natijalarga olib kelishi mumkin. Birinchi navbatda bu mansabdi insonlarga tegishli, darhol kerakli choralarni ko'rishi, jamoani mobilizatsiyalab (safarbarlik), shu bilan birga shaxsiy intizomini va matonatini ko'rsatishi lozim.
Sarosimaning oldini olish.
Sarosima – bir guruh odamlarni qamrab oluvchi qo'rquv tuyg'usi, u esa atrofdagilarga o'tib, boshqarolmaydigan jarayonga aylanib ketadi. Insonlarda bo'lib o'tayotgan voqealarni hayajonlilik bilan o'zlashtiradi, o'z harakatlari uchun javobgarlik pasayadi. Inson o'z harakatlarini aql bilan baholab ololmaydi va yuzaga kelgan hodisani to'g'ri anglab olmaydi. Shu vaqtda agar bittasi qochdik deb qolsa, barcha odamlar ko'r-ko'rona unga ergashib, falokat joyidan qochib ketadi.
Sarosima paydo bo'lishiga ishonchsizlik va mavridida axborotni yo'qligi ham sabab bo'ladi. Bu kamchilik darhol, mish-mish gaplar va guvohlarni hikoyalari bilan to'ldiriladi.
Tabiiy ofatlarni, falokatlarni, avariyalar oqibatlarini bartaraf etish tajribasi ko'rsatadiki – bu bexabarlik natijadan tashqari, ekstremal holatlaridagi harakatlariga insonlarni tayyorgarligi yetarli darajada emasligi, ruhiy chiniqishni yo'qligi sabab bo'ladi.
Sarosima paydo bo'lishiga insonlarni butun diqqat e'tiborini berib kutmoqligi, bexabarlik, ancha vaqt davomida faoliyat ko'rsatmaslik, haddan tashqari charchoqligi sabab bo'lishi mumkin. Yuqri emotsional ta'sirchanlik va faol tasavvurligi, ta'sirchanligini hatti-harakatini kuchaytiradi. Bu holat ko'proq havf kutilmagan va to'satdan boshlangan vaqtida hosil bo'ladi.
Sarosima va qo'rquvni paydo bo'lishiga tartib-intizom va hamjihatlik, rahbariyatni susayishi, boshqarishni yo'qotish, odamlar orasidagi ishonchsizlik, o'zaro munosabatlarni yomonligi, jamoani ajralganligi sabab bo'lishi mumkin.
Har qanday vaziyatda dastlabki shaxsiy qo'rquv, quruq qo'rquvga-sarosimaga zamin yaratadi. Sarosima bosgan jamoa,


Yüklə 41,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə