Jismoniy shaxsning bank kartasi uchun ariza


-§. Tomonlarning javobgarligi



Yüklə 100 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü100 Kb.
#143973
1   2   3   4
Plastikka ariza

3-§. Tomonlarning javobgarligi
9. Bank kartasi yo‘qotilganligi va (yoki) undan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida Mijozdan xabarnoma olingandan so‘ng ushbu bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha Bank-emitent javobgar bo‘ladi.
10. Bank-emitent Mijoz oldida quyidagi holatlarda javobgar hisoblanmaydi:
a) Mijoz ushbu Shartnomada belgilangan qoidalar va tartiblarni buzgan bo‘lsa;
b) Mijoz tomonidan noqonuniy harakatlar sodir qilingan holatda;
d) bank kartasining yo‘qolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi fakti haqida Mijoz tomonidan Bank-emitent xabardor qilinmaganda;
e) bank kartasiga bog‘liq ma’lumotlar (SHIR-kod va boshqalar) Mijoz tomonidan uchinchi tarafga ma’lum qilingan holatda;
f) Bank-emitentning nazorat vakolati doirasidan tashqarida bo‘lgan boshqa banklar tomonidan bank kartasi qabul qilinmaganda;
g) fors-major holatlar tufayli Bank-emitent o‘z majburiyatlarini bajarish imkoniyati bo‘lmaganda.
11. Mijoz quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
a) bank kartasi yo‘qotilgan yoki undan ruxsatsiz foydalanilgan bo‘lsa, bu haqida Bank-emitentga Mijoz tomonidan xabarnoma yuborilgunga qadar amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalar bo‘yicha;
b) bank kartasi yo‘qotilganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida Bank-emitent xabardor qilinmagan taqdirda, sodir bo‘ladigan barcha tavakkalchiliklar bo‘yicha;
d) Bank-emitentga taqdim etilgan barcha ma’lumotning haqiqiyligi bo‘yicha.
12. Mazkur Shartnoma 5-bandining “e” va 7-bandining “g” va “h” kichik bandlarida nazarda tutilgan xabarnoma Mijozga ____________________________________________ (Mijoz tegishlisini tanlaydi: shaxsan topshirish, pochta orqali jo‘natish, elektron pochtadan jo‘natish, mobil telefoniga SMS-xabarnoma yuborish, mobil telefoniga telegram kanali orqali jo‘natish) orqali topshiriladi. Mijoz xabarnoma yetkazish usulini Bank-emitentga shaxsan yoki pochta orqali yozma ariza taqdim etish yo‘li bilan o‘zgartirish huquqiga ega. Bunda Mijozdan qabul qilingan ariza Bank-emitent tomonidan uning bank kartasi bo‘yicha yig‘majildida saqlanadi. Xabarnomani Mijozga yetkazish usuli o‘zgarganligi munosabati bilan mazkur Shartnomaga o‘zgartirish kiritish talab etilmaydi.

Yüklə 100 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə