Jismoniy shaxsning bank kartasi uchun ariza


-§. Shartnomaning amal qilish muddati



Yüklə 100 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü100 Kb.
#143973
1   2   3   4
Plastikka ariza

4-§. Shartnomaning amal qilish muddati
13. Mazkur Shartnoma bank kartasining xizmat qilish muddatiga tuzildi.
14. Mazkur Shartnoma uni tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi.
5-§. Shartnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish
15. Mazkur Shartnomaga kiritiladigan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar tomonlar o‘rtasida yozma ravishda kelishiladi (ushbu Shartnoma 5-bandining “e” kichik bandiga muvofiq kiritiladigan qo‘shimcha va/yoki o‘zgartirishlar bundan mustasno).
6-§. Shartnomani bekor qilish
16. Tomonlar ushbu Shartnomani, bir-biriga bir oy oldin yozma xabar bergan holda, bekor qilishi mumkin.
17. Ushbu Shartnoma Mijozning tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda, u mazkur Shartnoma bekor qilgunga qadar va bekor qilingandan keyin, agar bank kartasi Bank-emitentga qaytarilmagan bo‘lsa, o‘tkazilgan barcha tranzaksiyalar bo‘yicha to‘liq javobgar hisoblanadi.
18. Ushbu Shartnoma bekor qilinganda Bank-emitent Mijozning bank kartasi hisobvarag‘ini yopadi, undagi qoldiq mablag‘ni Mijozning arizasiga ko‘ra naqd pulda beradi yoki ko‘rsatilgan hisobvaraqqa o‘tkazadi.
7-§. Nizolarni hal qilish
19. Barcha kelishmovchilik va nizolarni tomonlar muzokara yo‘li bilan hal etadi. Muzokara natijasida tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibida hal qilinadi.
8-§. Yakuniy qoidalar
20. Ushbu Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzildi, uning bir nusxasi Bank-emitentda, ikkinchi nusxasi Mijozda saqlanadi.
21. Mazkur Shartnomaga muvofiq tarzda yoki unga bog‘liq holda yuborilgan barcha xat va xabarnomalar yozma tarzda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart va ular tomonlarning quyida ko‘rsatilgan manzillari bo‘yicha buyurtma xat orqali yuborilgan yoki shaxsan yetkazilgan hamda ularni olganlik to‘g‘risida tasdiqnoma mavjud bo‘lsa, ular belgilangan tartibda taqdim etilgan hisoblanadi.
22. Mazkur Shartnoma bilan belgilanmagan barcha holatlarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tarzda ish olib boradi.



Yüklə 100 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə