Jismoniy Tarbiya 4-mavzu: O’rta masofaga yugurish texnikasini takomillashtirish Reja



Yüklə 244,39 Kb.
səhifə12/19
tarix11.12.2023
ölçüsü244,39 Kb.
#146637
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Jismoniy Tarbiya 4-mavzu O’rta masofaga yugurish texnikasini ta-fayllar.org

Baravarlashtirilgan musobaqalar tayyorgarligi har xil bo’lgan jamoalar orasida o’tkaziladi. Jamoalarning qiziqishini saqlab qolish uchun kuchsizrok jamoaga oldindan yoki uchrashuv tamom bo’lgandan so’ng qo’shimcha ochkolar beriladi.

Klassifikatsiya musobaqalari jamoalarning (o’yinchilarning) tayyorgarligini aniqlash, sport klassifikasiyasining razryad talablarini bajarish maqsadida o’tkaziladi.

Saralash musobaqalari tayyorgarligi eng yaxshi jamoalarni (o’yinchilarni) aniqlab, keyingi yirik musobaqalarda qatnashtirish uchun o’tkaziladi.

Match uchrashuvlari musobaqalar kalendarida ko’zda tutilgan va an’anaviy hisoblanadi. Uchrashuvlarda ikki va undan ortiq jamoalar qatnashishi mumkin. Musobaqalarning bunday turlari alohida shaharlar, viloyatlar hamda chet davlatlar orasida do’stlik munosabatlarining rivojlanishiga yordam beradi.

O’rtoqlik uchrashuvlari bo’lajak musobaqalarga va sport trenirovkasining ba’zi bir bo’limlari bo’yicha tayyorgarlikni aniqlash maqsadida ayrim jamoalar o’rtasida o’tkaziladi.


Musobaqa o’tkazish sistemalari
Musobaqa paytida hamma jamoalarga g’alaba uchun kurashishga bir xil sharoit yaratib berish va g’oliblarni haqiqiy natijalar asosida aniqlash kerak.
Musobaqalarni o’tkazish sistemalari har xil bo’lishi mumkin. Lekin u yoki bu sistemalarni tanlashda quyidagi sharoitlarni hisobga olish lozim:
a) musobaqa oldida turgan vazifalarni ;
b) musobaqa o’tkazish sharoitlarini;
v) qatnashuvchi jamoalarning sonini;
g) o’tkazilayotgan musobaqaning turlarini;
d) qatnashuvchilarning sport tayyorgarligi va ishlab chiqarishda bandligini;
e) musobaqa o’tkazish joylarining bandligi, soni va hududiy joylashuvini.
Umuman olganda sport o’yinlari musobaqalarini O’tkazish amaliyotida asosan ikkita (chiqib ketish va aylanma) sistema qo’llaniladi.
Bu ikki sistemaning qo’shilishi natijasida uchinchi – aralash sistema paydo bo’ladi.



Yüklə 244,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə