Jismoniy tarbiya jarayonida harakat malakasi va


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#163178
1   2   3   4
jismoniy-tarbiya-jarayonida-harakat-malakasi-va-ko-nikmalarining-texnologiyasini-shakllantirish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(6), June, 2023 
177 
jismoniy kamol topish jarayonini ancha samarali qiladi. Shuning uchun o’quvchilar 
jismoniy tarbiyaga doir bilimlar hajmi va mazmunini aniq belgilab olish kerak.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Barcha bilimlarning amalda bir necha bor qo’llanilishi ko’nikmalarning hosil 
bo’lishiga olib keladi. Ko’nikma – bu o’zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga 
oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda 
ifodalangan ongli faoliyatdir.
Harakat ko’nikmasi- bu xarakat tajribasi va bilim asosida egallangan, harakat 
faoliyati jarayonida harakatlarning avtomatlashmagan boshqarish qobiliyatidir.
Turli harakatlarga o’rgatish jarayonida ko’nikma va malakalarni shakllantirish 
jismoniy sifatlarni tarbiyalash bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi.Jismoniy 
sifatlarning rivojlanish darajasida bolalarning harakat faoliyati,muvoffaqiyati va 
harakatlarining yangi shakllarni egallash qobilayati, ulardan maqsadga muvofiq 
foydalana olish bilan belgilanadi.
Harakat ko’nikmasi, harakat mehnatini amalga oshirishda ikki hil ko’rinishda 
farqlanadi:
Birinchi, yaxlit faoliyatini amalga oshirishda ikkinchisi ayrim murakkabligiga 
ko’ra turlicha harakatlarda ifodalanadi.
Birinchi turdagi ko’nikmalar o’zgaruvchan sharoitda to’satdan vujudga 
keladigan harakat vazifalarni hal etish zaruriyati masalan o’yinlar kurashlar va 
boshqalar bilan bog’liq. Bunday xolda harakat faoliyati doimo ongli va allaqachon 
o’zlashtirilgan harakatlar hamda shakllangan jismoniy sifatlarning ijodiy qo’llanilishi 
bilan harakaterlanadi. Boshqa harakat ko’nikmalariga kelsak ular asta-sekin malakaga 
aylana boradi, bunda rivojlanish harakat texnikasini dastlabki egallashdan yanada 
yuksaklikka uni takomillashtirishgacha boradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida o’yin qoidalarini qo’llash o’yinlarga hakamlik 
qilish, turli xildagi sakrashlarni gavda harakatlaridan maqsadga muvofiq foydalanish 
kabi ko’nikmalar hosil qilinadi. Agar ko’nikma ko’p martatakrorlanish yo’li 
avtomatizm darajasiga etkazilgan bo’lsa unda uni malakaga aylandi deb xisoblash 
mumkin. Harakat malakasi-bu harakatlarning avtomatlashgan boshqarish shaklini 
tushunamiz. Bunda harakatlarni bajarish o’zining juda ishonchligiga bilan ajralib 
turadi. Harakat malakasi o’rgatish natijasida yoki hayot tajribasi natijasida 
shakllanadi. Malaka-avtomatlashgan, o’rganib qolingan muayyan usul bilan bexato 
bajariladigan harakatlardir. Malakalar har xil bo’ladi: o’quv malakalari o’qish, 
yozish, og’zaki xisoblash va boshqalar; mehnat malakalari arra yoki boltani ishlata 
bilish, materiallar va mashinalar bilan muomilada bo’lish va hokoza; Harakat 
malakalari:- yurish yugurish, uloqtirish, sakrash va boshqalar.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə