Jismoniy tarbiya nazariyasi va


Jismoniy mashqlar texnikasi



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jismoniy mashqlar texnikasi
M ashqlar texnikasi haqidagi tu s h u n c h a pedagogik va 
biomexanik nuqtayi nazardan ochib berilishi mumkin.
38


Pedagogik nuqtayi nazardan, jismoniy mashqlar texnikasi 
deganda, harakatli faoliyatlarning ko ‘proq samarador usul- 
larining q o ‘llanishi tushuniladi.
Bir xil harakatli faoliyatlarni har xil usullar bilan bajarish 
mumkin, lekin ulardan faqat oqilona, maqsadga muvofiq, 
to ‘g ‘ri bajarilgani texnika deyiladi. Ishning boshlanishida samara 
beradigan usullarni tanlab olish zarur: a) o'quvchining indi­
vidual xususiyati bo ‘yicha (masalan, bir o'quvchiga uzunlikka 
,,kerishib“ sakrash usuli, boshqasiga „qaychi usulida“ sakrash 
samara beradi); b) jismoniy tayyorgarlik darajasi bo'yicha 
(maktabda balandlikka ,,hatlab“ sakrash usuli o ‘rgatiladi);
d) q o ‘yilgan vazifa bo'yicha (arqonga tcz chiqish vazifasi 
q o ‘yilsa, bola ikki qo'llab chiqib ,,uch usulni“ ishlatadi);
e) sport asbob-anjom i qandayligiga bog'liq holda (arqon 
yumshoq bo‘lsa, oyoq yordami bilan chiqishni, qattiq bo'lsa, 
ikkinchi usulni ishlatadi).
Jismoniy mashqlar texnikasi nnmtazam ravishda rivojla- 
nishda bo‘ladi: odatlangan texnika takomillashadi, ba’zida eski 
texnikalar so‘nadi, yangisi keladi. Bu jarayon qator shartlar 
bilan bog'liq: sport tayyorgarlik darajasi talablarining ortib bo- 
rishiga ko‘plab takomillashgan usullarni qidirish natijasida, ilmiy 
tadqiqot ishlarining natijasi va ahamiyatining ortib borishida, 
o ‘rgatish metodikasining takomillashuvida, murakkab, lekin 
samara beradigan usullarni qo'llash jarayonida, yangi sport 
snaryadining vujudga kelishida, cski texnikaning bajarilishiga 
tuzatish kiritilishi zaruriyati tug* Uganda va hokazolarda.
Jismoniy mashqlar texnikasi uning bajarilishini amaliyotda 
q o ‘llashning ilmiy, mukamm al usulini qidirish natijasidir. 
Bunday zamonaviy texnika hamma uchun bir xil, shuning 
uchun uni standart texnika deyiladi: 1) xususiyat tipi orqali
2) shaxsiy xususiyat orqali.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə