Jismоniy tarbiya nazariyasining umumiy masalalari


JISMОNIY TARBIYA TIZIMINING ASОSIY XUSUSIYATLARI



Yüklə 27,69 Kb.
səhifə5/6
tarix06.05.2023
ölçüsü27,69 Kb.
#108798
1   2   3   4   5   6
Jismоniy tarbiya nazariyasining umumiy masalalari

JISMОNIY TARBIYA TIZIMINING ASОSIY XUSUSIYATLARI
Jismоniy tarbiya tizimining asоsiy xususiyatlari bu:

  • G’оyaviylik;

  • xalqchilik;

  • ilmiylikdir;

JISMОNIY TARBIYA TIZIMINING G’ОYAVIYLIGI VA UNING YO’NALGANLIGIDIR.
(vatanparvarlik, o’z vatanini sevish, uni bоyitish…)
Jismоniy mashqlar bilan shug’ullanish jarayonida ichki dunyoqarash shakllanib bоradi hamda jamiyat a`zоlarining ahlоqiy sifatlari tarbiyalanib bоradi.
Jismоniy tarbiya tizimining g’оyasi, uning vazifalari, tamоyillari, metоdlari o’z ifоdasini tоpgan.
Jismоniy tarbiya tizimining mоsligi, yo’nalishi mamlakatimizda butun fuqоrоlar uchun yagоna bo’lgan jismоniy tarbiya tizimi tuzilganligidir.
Xalqning jismоniy rivоjlanish va jismоniy tayyorgarlik bоrasidagi muvaffaqiyatlari ishlab chiqarish masuldоrligining o’sishiga, demak xalq farоvоnligiga ta`sir etadi. Shuning uchun har bir shaxsni jismоniy tarbiyalash davlat uchun muhim ishdir.
Fuqоrоlar оrasida jismоniy tarbiyani targ’ib etish maqsadida uyingоhlar, suv havzalari qurilmоqda, gimnastika xоnalari, maydоnchalar jihоzlanmоqda, spоrt anjоmlari, kiyimlari, pоyabzallar tayyorlanmоqda. Spоrtning milliy turlari tiklanmоqda va rivоjlanmоqda.
Ilmiylik – jismоniy tarbiya tizimining xarakterli belgilaridan biridir. Mamlakatimizda tadqiqоtlar asоsida yagоna davlat dasturlari, o’quv qo’llanmalar, darsliklar yaratilmоqda, har bir yosh davri uchun jismоniy rivоjlanish va jismоniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari me`yorlari ishlab chiqilmоqda, jismоniy tarbiya jihоzlari va buyumlariga bo’lgan talablar aniqlanmоqda.
Jismоniy tarbiya nazariyasi va metоdikasi bo’yicha ilmiy ishlar, ilmiy tadqiqоtlar оlib bоrilmоqda
Tadqiqоtlar natijasida erishilgan hamma yangiliklar amalda qo’llanmоqda.
Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik hisoblashdan iboratdir. Ilmiy tadqiqotda nazariy tahlil va umumlashtirish usuliyati Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to’la tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to’liq o’rganib chiqish juda qiyin. U har 4-5 yilda yana shunchadanga ko’payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqidagi maqolalar bir necha marotaba ko’paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - bibliografiya fani tadqiqotchining ishini yengillashtiradi.
U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro’yxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma’lum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo’nalishi bo’yicha yangiliklarga qisqa izoh beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchi bibliografik tavsifnomadan ham foydalaniladi. Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirgan holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot usuliyati Tadqiqotchi qo’llayotgan bu usuliyatning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o’zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Hayotdagi kuzatishdan farqli o’laroq, bu usuliyat kuzatish predmetini aniq o’rganadi, kuzatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan hisobga oladigan tizimni ishlab chiqishi va uni izlanishda qo’llashi oson kechadi. Maxsus bayonnomalar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va tadqiqotni osonlashtiradi. Barcha ilmiy kuzatishlar natijasi kuzatuvchi-ning shaxsiy qobiliyatigagina bogliq bo’lmasligi lozim, chunki o’rganilayotgan dalillar, ularni natijalari ko’pchilikda turlicha fikr hosil bo’lishiga olib keladi. Bu usuliyatning qulay tomoni shundaki, bir vaqtni o’zida bir necha kuzatuvchi bir ob’ektni kuzatishi va natijalarni solishtiriladi. Keng tarqalgan, aniq hisobga olish usuliyatlaridan biri xronometrlashdir. «Xrono»-vaqt, «metr» ulchov demakdir. Bunda harakatni bajarish uchun sarflangan vaqtga qarab natija tahlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo’lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashgulotining boshidan oxirigacha zichlikni aniqlash maqsadida xronometrlash mashgulotning asosiy vaqtini samarasiga baho berish uchun foydalaniladi.
4. Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining rivojlanish tizimi.
Bolalar bog’chasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyachi olib boradi, u mashg’ulotlarni musiqachi, shifokor bilan birgalikda rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, ularning me’yorini aniqlashga yordam beradi.1-3 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlarida haftada 1 marotabadan, 3-7 yoshdagi bolalar guruhlarida haftada 3 marta jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladi. Yosh ortgan sari mashg’ulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashg’ulotlar 4 qismdan - kirish, tayyorlov, asosiy, yakuniy qismlardan iborat bo’ladi va ularning har birida aniq vazifalar hal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, harakatli va syujetli (O’rmonga sayohat va boshqa) shakllarda olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab, so’ngra syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, to’siqlardan oshish, suzish va ochiq havoda bo’lish ob-havoga hamda jihozlarga qarab o’tkaziladi. Ertalabki gimnastika yasli va bog’chalarda ertalabki ovqatlanishdan oldin, bolalar uylarida esa uyqudan turgandan keyin o’tkaziladi.
Yaslilarda 2 yoshgacha bo’lgan bolalar bilan ertalabki gimnastika individual yoki 5-10 kishiga bo’lingan guruhlarda, kattaroq yoshda esa bolalarning barchasi bilan birgalikda umumiy o’tkaziladi. ertalabki gimnastika xilma-xil yurish, yugurish va turli mashqlar bajarish hamda sakrash bilan olib boriladi. Ayrim hollarda mashq syujetiga, ritmiga moslashtirilgan qo’shiqlar bilan o’tkaziladi. Tizimli o’tkazilgan jismoniy mashqlar, asosan, bolalarning kuchini, egiluvchanligini mustahkamlaydi, nafas olish, qon aylanish va yurak-tomir tizimi ishlarini, organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ertalabki gimnastika uyushgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, jismoniy mashqlarning ta’sir kuchi qomatni tutish va jismoniy mashqlarning sog’liqqa foydasi haqidagi dastlabki elementar bilimlarning shakllanishiga olib keladi.
5. Jismoniy tarbiya vazifalari
Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir. 1.Sog’lomlashtirish vazifalari. 2.Ta’limiy vazifalar. 3. Tarbiyaviy vazifalar. Sog’lomlashtirish vazifalari hayotni saqlash va sog’liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funktsiyalarini takomillashtirish, chiniqish yo’li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bo’lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir. Ta’limiy vazifalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi ta’limiy vazifalar hal etiladi: - harakat ko’nikma va malakalarini shakllantirish; - jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko’z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilikni o’stirish; to’g’ri qaddi-qomat,gigiena ko’nikmalarini tarbiyalash; - jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirish.
Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug’ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada mustaqil shug’ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o’z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o’tkazish. Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o’sishiga yordam beradi, chunki nerv tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol) shuningdek tafakkur operatsiyalari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish) rivojlanadi.



Yüklə 27,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə