Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə31/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

4.2.2. Ko‘rsatmalilik tamoyili
Ko‘rsatmalilik tamoyili o‘rgatish (o‘qitish)da va tarbiyalashda ko‘rgazmali qurollardan keng foydalangan holda jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishni taqozo qiladi. Ko‘rsatmalilik insonning sezgi organlarini bilish jarayoniga jalb qilishni anglatadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida amaliy ko‘rsatmalilik ko‘rish, eshitish va harakat shakllarida amalga oshiriladi.
Ko‘rsatmalilikning ko‘rish shakli (mo‘ljallar, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv videofilmlari va h.k. yordamida harakatlarni yaxlit va qismlarga bo‘lib namoyish qilish) asosan harakatlarning fazoviy hamda fazo-vaqt tavsiflarini aniqlab olishga yordam beradi. YAngi harakatlarni o‘rganishning dastlabki bosqichida ko‘rgazmalilikning ko‘rish shakli katta ahamiyatga ega. SHuningdek, harakatlarni juda aniq tabaqalashtirish sport-texnik mahoratni takomillashtirishda ham juda qimmatlidir.
Ko‘rsatmalilikning eshitish shakli (turli xil tovushli signallar ko‘rinishida) harakat aktlarining vaqt va ritmik tavsiflarini aniqlashda ustuvor ahamiyatga ega. U ko‘rish orqali ko‘satmalilikni ancha to‘ldiradi, harakatlarni o‘rgatishning yakuniy bosqichida u bilan birgalikda etakchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
E’tirof etish lozimki, ko‘rish tizimi orqali idrok etish uchta darajada kechadi: sezish, idrok etish va tasavvur qilish; eshitish tizimi orqali esa – faqat tasavvur qilish darajasida kechadi. (B.G.Akanaev). Inson nutq shaklida olinadigan axborotning 15% ni, ko‘rish orqali esa 25 % ni eslab qoladi. Agar axborot uzatishning bu ikkala usulidan bir vaqtning o‘zida foydalanilsa, u bu axborotning 65% gacha mazmunini idrok etishi mumkin (N.V.Krasnov).
Harakat shaklidagi ko‘rsatmalilik jismoniy tarbiyaga xos bo‘lgan shakl hisoblanadi. Uning ahamiyati juda katta, ayniqsa, eng murakkab harakatlarni o‘zlashtirishda. Bunda yo‘naltirib turuvchi yordam va “harakat bo‘ylab olib o‘tish” eng etakchi metod sanaladi. Harakat shaklidagi ko‘rsatmalilikning xususiyati shundan iboratki, u harakatlarni fazo va vaqtda aniqlab olishdan tashqari, ichki va tashqi ta’sir kuchlari, ayniqsa, inersiya va reaktiv kuchlar dinamikasida mo‘ljal ola bilish imkoniyatini ta’minlaydi.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə