Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə28/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

3.11. Gigienik omillar
Jismoniy tarbiya tizimining sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tamoyilini hayotga singdirish uchun jismoniy mashg‘ulot inson hayot faoliyatining uzviy qismi bo‘lib qolishi kerak. Boshqa tomondan, jismoniy mashqlar samaradorligi faqat zaruriy gigienik mezonlarga rioya qilingan taqdirdagina eng yuqori bo‘ladi. O‘ziga xos vositalar sifatida gigienik omillar jismoniy tarbiyaning to‘laqonli vazifalarini echishda katta ahamiyatga ega. Pedagogik jarayon qanchalik yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lmasin, mashg‘ulotlar sanitariyaga zid sharoitlarda o‘tkazilsa, uyqu va ovqatlanish tartibi buzilsa, u kutilgan samarani bermaydi. Mana shuning uchun ham jismoniy tarbiyaning maktab dasturida o‘quvchilar uchun gigienik bilimlar hajmini aniqlovchi nazariy bilim asoslari berilgan.
Gigienik omillar shartli tarzda ikki guruhga bo‘lingan:
1. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda, mashg‘ulotlarning to‘laqonli o‘tishi uchun shart-sharoit bilan ta’minlovchi vositalar: mehnatning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi me’yori, o‘qish, turmush, dam olish, ovqatlanish vositalari;
2. Jismoniy tarbiya jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan vositalar: gigienik me’yorlar bilan muvofiqlikda dam olish va yuklamalarning optimal tartibi, tashqi sharoitlarni yaratish (havoning tozaligi, etarlicha yorug‘lik darajasi va boshqalar).
Gigienik omillar mehnat, dam olish, ovqatlanish, tevarak-atrofdagi muhitning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi tadbirlaridan iboratdir.
Jismoniy tarbiya uchun zarur bo‘lgan gigienik sharoitlarni ta’minlashda moddiy-texnik baza, sport jihozlari, asbob-anjomlar va kiyim-kechakning qanday ahvolda ekanligi katta ahamiyatga egadir.
Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi talablarini o‘z ichiga olib, mehnat gigienasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muhitning zararli omillari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish mashg‘ulotlarida gigienik talab va me’yorlarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligini, samaradorligini oshirishi ilmiy, amaliy jihatdan isbotlangan.
Jismoniy mashqlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni muntazam ravishda tartibli qo‘llash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə